Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyati boʻyicha 606,8 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yil yanvar-mart oylarida Jizzax viloyatida jami 1,8 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning 1-aprel holatiga Surxondaryo viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 2821,6 ming kishini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-mart davri uchun, Navoiy viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 6,6 mln. so‘mni tashkil etdi, o‘tkan yilning mos davriga nisbatan real o‘sish sur’ati esa 104,5 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 258,5 ming tonna neft ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,3 % ga oshgan. 2023-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 63,0 ming tonna neft ishlab chiqarildi.

2023-yilning yanvar-mart oylari davomida respublika boʻyicha sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 225,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Ushbu sohada koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmining 52,9 % Toshkent shahrining hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 964,6 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida YAHM hajmi 12 419,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu esa 2022- yilning yanvar-mart oylari ma’lumotlariga nisbatan 3,6 % ga ko‘pdir.

Joriy yilning 1- may holatiga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 12 489 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 170,5 foizni tashkil etdi. Ularning so‘nggi yillar kesimidagi o‘sishi quyidagicha:

Samarqand viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 80,9 % ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrda:

Joriy yilning 15-19-may kunlari Moskva shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetida MDH Statistika qoʻmitasi tomonidan ilk bor “I Xalqaro talabalar statistika festivali” doirasida statistika boʻyicha xalqaro talabalar olimpiadasi tashkil etildi. Unda Oʻzbekistondan ham ikkita jamoa ishtirok etdi.

2023-yil yanvar-mart oylarida Andijon viloyatida jami 2,8 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga  O‘zbekiston Respublikasida muzeylarida tashkil etilgan ko‘rgazmalar 1301 tashkil etib, ulardan 444 tasi muzeydan tashqarida namoyish etilgan.

2023-yilning 1-aprel holatiga Samarqand viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 4137,8 ming kishini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-mart davri uchun, Qashqadaryo viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 3,0 mln. so‘mni, o‘tkan yilning mos davriga nisbatan real o‘sish sur’ati esa 108,0 %ni tashkil etdi.

Joriy yil 18- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida hududiy statistika boshqarmalari rahbarlari hamda boshqarmaning tegishli tarmoq bo‘lim boshliqlari uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida videaloqa tizimi orqali seminar tashkil etildi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bogʻliq boshqa xizmatlar hajmi 107 473,9 mln. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 110,5 %ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatining aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 3,1 % ga o‘sdi va 2 610,0 ming so‘mni tashkil etdi hamda 2019- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 16,5 % ga o‘sdi.