Qo`mita yangiliklari

2023- yilning 1- aprel holatiga Andijon viloyatining doimiy aholisi soni 3 338,2 ming kishini tashkil etgan.

2023- yilning 12- aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Presidenti huzuridagi Statistika agentligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 181,0 tonna shokolad ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3-martaga oshgan.

2023- yil 1-yanvar holatiga koʻra, mamlakatimizda kvartira (yakka tartibdigi uy)lar soni 7 301,2 ming birlikni tashkil etib, oʻtgan yildagi koʻrsatkichga nisbatan (7 147,2 ming birlik) oʻsish 2,2 % ni yoki 154,0 ming birlikni tashkil etgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 3 473,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 7,8 % ga o‘sdi.

2022– yilning yanvar–dekabr oylarida Andijon viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 185,6 ming t. goʻsht (2021– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 104,9 %), 1 038,0 ming tonna sut (104,1 %), 748,9 mln. dona tuxum – (101,6 %) yetishtirildi va 21 939 t. baliq (108,7 %) ovlandi.

2023-yilning 1-aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 483 554 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib,  shundan xususiy korxonalar soni 69 897 tani tashkil qildi (ulushi 14,5 foiz).

2022- yilning yanvar-dekabrida Jizzax viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 23 601,7  mlrd. so‘mni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi  dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi xissasiga to‘g‘ri kelib – 15 342,6  mlrd. so‘mni, kichik korxonalar va mikrofirmalar esa – 8 259,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2023-yilning 1-aprel holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasining doimiy aholisi soni 1 981,8 ming kishini tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Andijon viloyati bo‘yicha 619,5 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston  Respublikasi bo‘yicha 2287,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 22,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1-yanvar holatiga Toshkent viloyatidagi maktablarda taʼlim berayotgan oʻqituvchilar soni 36 775 nafarni tashkil etgan.

2023-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.

2023- yilning 1-yanvar holatiga umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligi 4 726,1 km. ga teng. Umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligida elektrlashtirilgan temir yoʻllarning ulushi 40,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 4,0 % ga o‘sdi.

2022-yilning yanvar–dekabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 120,5 ming t. goʻsht (2021- yilning yanvar–dekabriga nisbatan 103,5 %), 434,0 ming tonna sut (103,6 %), 387,0 mln. dona tuxum – (101,9 %) yetishtirildi va 11 149 t. baliq (88,2 %) ovlandi.

2023- yilning 1- aprel holatiga respublikamizda jami 35 106 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ulardan 1 291 tasi joriy yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etildi.

2022- yilda Namangan viloyatida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 91,6 %, yuk aylanmasida 89,0 %, yo‘lovchi tashishda 97,4%, yo‘lovchi aylanmasida 94,1% ni tashkil etdi.