Qo`mita yangiliklari

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida YAHM hajmi 18 136,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 5,0 % ga ko‘paydi.

Respublikamizda 2023- yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 6 075 tani tashkil etgan boʻlib, ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 6- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga Xalqaro valyuta jamg‘armasidan milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha vakili Levan Gogoberishvili tashrif buyurgan edi.

2023- yilning yanvar oyida gazetalar va davriy nashrlar narxlari bir oyda 2,0 % ga oshgan boʻlsa, 2022- yilning yanvariga nisbatan 26,3 % ga arzonlashdi.

Joriy yilning 17- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- FX” yillik statistika hisobotini topshiruvchi fermer xoʻjaliklariga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqot tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sog‘liqni saqlash sohasida xizmatlari hajmi 3297,7 mlrd. so‘mni tashkil qilib, aynan shu sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmidagi ulushi 51,7 %ga yetdi.    

Joriy ylining 16- fevral kuni Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish va viloyatning demografik holati bo‘yicha seminar tashkil etildi.

2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Xorazm viloyatida 8,8 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 4,8 trln. so‘mni va jami viloyatda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 55,1 % ini tashkil etdi.

2023- yilning 16- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti qoshidagi Iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida jami 3,3 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 100,5 % ni tashkil etdi.

2022/2023- o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni jami 6 446,1 ming nafarni tashkil etdi.

2022- yilda 20 yoshgacha farzandli boʻlgan erkaklar soni 1 493 nafarni tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra (12 oy davomida), Toshkent shahri aholi jon boshiga umumiy daromadlari 37,5 mln. so‘mni, real o‘sish sur’ati esa  109,9 %ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sugʻurta va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 87,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatining qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to‘g‘ri keldi va 40,1 % ni tashkil qildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramollar soni 13,9 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,3 %ga koʻpaydi.

Respublikamizda 2023- yilning yanvar oyida 5 936 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. So’nggi besh yilning mos davrida esa, qancha yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilganini  quyidagida ko‘rishimiz mumkin:

2022-yilning fevral oyidan dekabrgacha sement narxlarida oylik nisbatda 0,2 – 1,3 % atrofida oʻsish kuzatilgan boʻlsa, 2023-yilning dastlabki oyida uning narxlari 0,1 % ga pasaydi.