Qo`mita yangiliklari
02/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-oktabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 46,2 % i to‘g‘ri kelib,2020- yilning yanvar-oktabr oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 1,1 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2020- yilning mos davriga nisbatan 110,7 % ni tashkil etgan holda 1846,1 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
2021- yil yanvar-sentabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 49,7 % ni tashkil etdi. 2020- yil yanvar- sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 104,8 % ni tashkil qildi.
O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 30 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan oyoq kiyimlar eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida mol go‘shti narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,8 % ga arzonlashgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2021- yil yanvar-oktabr oylarida bu xizmatlarning ulushi 25,8 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport (23,9 %), moliyaviy xizmatlar (21,4 %), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (6,0 %) bo‘yicha qayd etildi.
01/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 480,8 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 4,4 % ini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil etdi) miqdorida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
01/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida jami faoliyat yuritayotgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 21,7 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar- oktabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 102,8 % ni tashkil etdi.
Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 57,9 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (17,8 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (40,1 %) o‘z ichiga oladi.
01/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-oktabr oylarida Qashqadaryo viloyatida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 22,8 % ni tashkil etdi yoki 1188,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2020- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 100,4 % ni tashkil etdi.
01/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.
01/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida YAHM hajmi 6,8 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 105,4 % ni, qurilish – 108,9 % ni, xizmatlar sohasi – 112,3 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 107,2 % ni tashkil etdi. Shuningdek, 2020- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining solishtirma narxlarda kamayishi (99,7 %) kuzatildi.
2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Toshkent shahri (29981,1 mlrd. so‘m), Toshkent (10753,4 mlrd. so‘m), Farg‘ona (8914,9 mlrd. so‘m), Samarqand (8831,2 mlrd.so‘m), Andijon (6926,3 mlrd. so‘m), Qashqadaryo (6606,4 mlrd. so‘m) va Buxoro (5972,4 mlrd. so‘m) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Xorazm viloyati aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.
01/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan edi.
Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari statistika instituti Boshqaruv kengashining XVII sessiyasi doirasida 2021- yilning 30- noyabr – 1- dekabr kunlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi Milliy statistika idoralari rahbarlari uchun "Institutlarning o'zgarishi - bu odamlarning o'zgarishi" mavzusida boshqaruv seminari bo‘lib o‘tdi.
01/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 2709,8 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 25,0 % ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 12,4 % i yoki 1348,6 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi.
01/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida jami faoliyat yuritayotgan kiyim mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 10,7 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar- oktabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 122,3 % ni tashkil etdi.
01/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil yanvar–oktabr oylarida Qashqadaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari umumiy hajmida eng yuqori telekommunikatsiya xizmatlari ulushi 95,3 % ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 56,7 % ni tashkil etdi.
850-sahifa 1011 dan


