Qo`mita yangiliklari

 2021- yilning 15- noyabr kuni Andijon viloyati Xo’jaobod tumanida xorijlik ekspertlar aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatib borishmoqda.

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida Respublikada 7 803,8 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 103,3 %ni tashkil qildi.

2021- yilning 1- noyabr holatiga respublikamizda jami 337 783 ta mas'uliyati cheklangan jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 320 961 tasi faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning 13- noyabr kuni poytaxtimizdagi “Grand Mir Hotel” mehmonxonasida Davlat statistika qo’mitasi, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), MDH statistika qo’mitasi, AQSHning aholini ro’yxatga olish burosi vakillari, xorijiy ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida  35 ta xorijiy davlatdan qiymati 21,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 8,2 ming tonna shampun import qilgan.

 O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida  24 ta xorijiy davlatga qiymati 220,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 217,3 ming tonna polietilen eksport qilgan.

Davlat statistika qo’mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich va MDH statistika qo’mitasi raisi Sokolin Vladimir Leonidovich Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida o’tkazilayotgan sinov tariqasida aholini ro’yxatga olish ishlari bilan tanishdi.

Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi jami – 27597,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi, shundan: MIZda – 12155,2 mlrd. so‘mni, KSZda – 2669,4 mlrd. so‘mni, texnopark – 346,3 mlrd. so‘mni va klasterlarda – 12426,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Joriy yilning 11–12- noyabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi sinov tariqasida o‘tkazilayotgan ro‘yxatga olish jarayonlari bilan atroflicha tanishdi.

Joriy yilning 2- noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

2021 yilning yanvar - sentyabr oylarida Respublikada 2 070,7 ming tonna meva va rezavorlar etishtirilgan bo'lib, ushbu ko'rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 100,9 % ni tashkil qildi.

O‘zbekiston 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida O‘zbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 24,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan oyoq kiyimlar eksport qilgan.

 Andijon viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 64,9 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (19,8 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (45,1 %) o‘z ichiga oladi.

2021- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 11 040 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 119,8 foizga oshgan.

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 1930,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 22,0 % ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 17,1 % i yoki 1495,1 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi.

 Joriy yilning 10- noyabr kuni poytaxtimizdagi “City Place” mehmonxonasida O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi, BMT Taraqqiyot dasturi vakolatxonasi hamda qator vazirlik va idora mutaxassislari ishtirokida “Nogironlik bo‘yicha statistik maʼlumot yig‘ish, tahlil qilish va undan foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

 2020- yilda hududlar bo‘yicha o‘rtacha ish haqini hisoblash uchun qabul qilinadigan mehnat daftarchalariga ega bo‘lgan xodimlar soni, kishi

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan 18 yoshgacha bo‘lgan chet el fuqarolarining 97,2 ming nafari erkaklar va 94,6 ming nafari ayollar, 19-30 yoshlilarning – 132,6 ming nafari erkaklar va 81,4 ming nafari ayollar, 31-55 yoshlilarning – 279,9 ming nafari erkaklar va 252,9 ming nafari ayollar, 56 yosh va undan kattalarning – 77,6 ming nafari erkaklar va 119,4 ming nafari ayollardan iborat.