Qo`mita yangiliklari

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,6 % ni tashkil etdi.

 2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 519,8 trln. so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda 6,9 % ga o‘sdi.

 2021- yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining 51,7 % ini (587,2 ming kishi) erkaklar, 48,3 % ini (548,4 ming kishi) ayollar tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “Oʻzbekiston Ryespublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4796-son qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda oʻquv-seminar tashkil etildi.

 Avtobuslar va mikroavtobuslar soni jami – 10015 ta. Shundan: ijaraga olingani 2648 tani tashkil qilgan.

 2021- yil 1- yanvar holatiga yurtimizda 14–30 yoshdagi jami doimiy aholi soni 9 million 726 ming 608 nafarni tashkil etgan.

 2021- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Buxoro viloyati aholisining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 68,0 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 27,3 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

 O‘zbekistonda 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida 696 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

Fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 15,7 % ni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 0,7 % punktga ko‘paydi.

2021- yilning yanvar–sentabr oylarida iqtisodiyotning nodavlat sektorida 135992,3 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Mazkur ko‘rsatkich jami investitsiyalar hajmida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 83,0 % ni tashkil etdi, shuningdek, Jizzax viloyatida – 90,5 % ga yetdi, Qashqadaryo viloyatida – 87,6 %, Toshkent viloyati va Toshkent shahri  –87,0 % ni, Sirdaryo viloyatida 86,6 % va Andijon viloyatlarida – 86,4 % ni tashkil etdi.

 YAIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 1,0 f.p.(2020- yil yanvar-sentabrda – 0,7 f.p.), sanoat tarmog‘i – 2,3 f.p.(2020- yil yanvar-sentabrda – 0,5 f.p. darajasida salbiy hissa), qurilish tarmog‘i – 0,3 f.p. (2020- yil yanvar-sentabrda – 0,5 f.p.) va хizmat ko‘rsatish tarmog’i 2,8 f.p. (2020- yil yanvar-sentabrda – 0,1 f.p.) ijobiy hissa qo‘shdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning o‘sishi hisobiga YAIM 0,5 f.p. (2020- yil yanvar-sentabrda – 0,04 f.p.)ga ko‘paydi.

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining yosh bo‘yicha taqsimlanishidan ko‘rish mumkinki, ularning 46,9 % i 31-55 yoshlilar, 18,8 % i 19-30 yoshlilar, 17,4 % i 56 yosh va undan kattalar, 16,9 % ini 18 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etdi.

 Xalqaro qatnovda band bo‘lgan yuk avtomobillari soni jami 5832 ta. Shundan: Ijaraga olingani 2901 tani tashkil qilgan.

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida xorijdan O‘zbekistonga qiymati 105,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,2 mln. tonna sement import qilingan.

Oʻzbekiston sanoati statistik to‘plamida sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning turlari bo‘yicha va sanoatning asosiy tarmoqlari: elektroenergetika, yoqilg‘i sanoati, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoati, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, o‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati, qurilish materiallari sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan.

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahrida – 13808,6 ming so‘m (yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda – 110,8 %), Navoiy viloyatida – 11489,1 ming so‘m (yoki 83,2 %), Buxoro viloyatida – 7051,9 ming so‘m (yoki 123,5 %), Jizzax viloyatida – 6351,6 ming so‘m (yoki 96,1 %),   Sirdaryo viloyatida – 6092,3 ming so‘m (yoki 98,6 %) va Toshkent viloyatida 5910,8 ming so‘m miqdorida (yoki 119,9 %) qayd etildi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 5,4 % ni tashkil etdi.

 Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 65,7 % i yoki 2653,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.