Qo`mita yangiliklari

2021- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi ulushi 55,7 % ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 17,3 birlikni tashkil qildi.

 2021- yil 29- oktabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish institutida  Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ochiq dars o’tkazildi. Unda Davlat statistika qo‘mitasi marzakiy apparat boshqarma boshliqlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyati, Toshkent arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

 So‘nggi 10 yilda mamlakatimizga xorijdan doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni.

 2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 6,3 foizni (soni 33 789 ta) tashkil etdi.

 2021- yilning sentabr oyida O‘zbekiston xorijdan qiymati 15,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 297 843 dona mobil telefon import qilgan.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida 173 dona traktor ishlab chiqarilgan.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari dvomida Toshkent metropolitenda yo‘lovchi tashish hajmi 68,8 mln. yo‘lovchini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,9 baravarga ko‘pdir. Bu esa, ushbu davr mobaynida jami elektr transportida tashilgan umumiy yo‘lovchilar sonining 97,1 foizini tashkil etadi.

 Sentabr oyida gulqog‘ozlar narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 0,7 % ga qimmatlashgan.

2021- yilning 1- oktabr holatiga, respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda boqilayotgan otlar bosh soni 255 mingga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 mingga ko‘paygan.

Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga kora Sirdaryo viloyatida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 78,7 % ni tashkil etdi, shundan 24,9 % bir bolali, 26,3 % ikki bolali, 17,8 % uch bolali hamda 9,7 % uy xo‘jaliklarda to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan. 21,3 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas.

 Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami  118,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 3919,4 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 2,9 % va 97,1 % ni tashkil etdi.

 Tog‘-kon sanoatida jami 14771,0 mlrd.so‘m yoki respublika bo‘yicha jami investitsiyalar hajmining 9,0 % i o‘zlashtirilgan bo‘lib, uning tarkibidan 6,1 % i yoki 10068,6 mlrd. so‘mi xom neft va tabiiy gaz qazib chiqarish sohasiga tegishlidir.

 So‘nggi 10 yilda mamlakatimizdan xorijga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni:

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida, respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

 2020- yilda kichik korxona va mikrofirmalarning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 58495,7 mlrd. so‘mni  tashkil etgan.

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi statistik toʻplamida, iqtisodiyotning agrar sektorini tavsiflovchi asosiy koʻrsatkich – qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi boʻyicha maʻlumotlar chop etilgan. 

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2021- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra 35 079,2 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 520,3 ming kishiga yoki 1,5 % ga ko‘paydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi belgilangan.