Qo`mita yangiliklari

    Joriy yilning 27- oktabr kuni Davlat statistika qo'mitasida Fransiya taraqqiyot agentligi makroiqtisodiy guruhi rahbari – Antoine Goden boshchiligida O'zbekistonda kam uglerodli iqtisodiyotga o'tish uchun makroiqtisodiy modellashtirish sohasida ko'rsatiladigan qo'llab-quvvatlash vazifalarini belgilash bo'yicha missiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida mamlakatimizda 398 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarilgan.

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublika bo‘yicha 29 031 ta ajrim holatlari qayd etilgan.

 Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu iqtisodiy faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 44261,9 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 27,0 % i o‘zlashtirilgan. Uning tarkibida eng ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilgan 2 ta faoliyat turlari quyidagilar.

 Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 26,6 % ni tashkil etdi yoki 1073,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2020- yilning yanvar- sentabr oylariga nisbatan 117,9 % ni tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida 6 346,5 ming tonna don ekinlari yetishtirilgan bo‘lib, shundan 5 691,8 ming tonna yoki jami ishlab chiqarilgan don ekinlarining 89,7 % ini boshoqli don ekinlari tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga kora Surxondaryo viloyatida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 80,1 % ni tashkil etdi, shundan 21,6 % bir bolali, 27,1 % ikki bolali, 18,5 % uch bolali hamda     12,9 % uy xo‘jaliklarda to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan. 19,9 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas

Respublikamizda yanvar-sentabr oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 161,7 foizga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan.

 Kichik korxona va mikrofirmalarning  ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi

2020/2021- o‘quv yili boshiga mamlakatimizda Umumta’lim muassasalari 5-9-sinf o‘quvchilarining jami soni 2876,7 ming nafarni tashkil etib, ulardan 1394,5 ming nafari (48,5 %) qizlar va 1482,2 ming nafari o‘gil bolalar (51,5 % ) dan iborat.

 2021- yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 10,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 558 ta elektromobil import qilingan.

 2020- yilda Surxondaryo viloyatida umumiy bozor xizmatlari tarkibida savdo xizmatlarining ulushi eng katta bo‘lib, 38,6 % yoki 3 090,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 107,8 trln. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 102,8 % ni tashkil etdi. yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 50,4 % ni tashkil qildi.

2021- yil yanvar- sentabr oylarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi, qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari xodimlarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari (keyingi o‘rinlarda – o‘rtacha oylik ish haqi) har bir iqtisodiy faoliyat turlarida turlicha farqlanadi.

Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga kora Samarqand viloyatida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 83,1 % ni tashkil etdi, shundan 20,9 % bir bolali, 28,9 % ikki bolali, 23,5 % uch bolali hamda 9,8 % uy xo‘jaliklarda to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan. 16,9 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas.

 2020- yilda kichik korxona va  mikrofirmalarning ulgurji savdo tovar aylanmasi  hajmi  96636,3 mlrd. so‘mni  tashkil etgan.

 2020/21- o‘quv yili boshiga mamlakatimizdagi umumta’lim muassasalarida ta‘lim olayotgan 10-11- sinf o‘quvchilar soni 885,3 ming nafarni tashkil etgan.