Qo`mita yangiliklari

2022-yilning dekabrida ovqatlarni yetkazib berish xizmatlari narxlarining 2021-yilning dekabriga nisbatan oʻsish surʼati 5,0 % bo‘ldi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 130,8 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 106,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Andijon viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar tarkibida qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 8,4 trln. so‘mga teng bo‘lib, jami investitsiyalardagi ulushi 57,2 % ga yetdi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga faoliyat koʻrsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni respublikamiz boʻyicha jami 523 556 taga yetdi. Bu esa, oʻtgan yiling mos davriga nisbatan 60 722 taga yoki 13,1 % ga oʻsganligini koʻrsatadi.

Fermer xoʻjaliklari tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha taqdim etiladigan “1- fx” yillik statistika hisobotini topshirishda fermer xoʻjaliklariga uslubiy koʻmak berish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan on-line muloqotlar tashkil etilmoqda.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 36 024,9 ming kishini tashkil etgan.

Joriy yilning 27–29-yanvar kunlari poytaxda IT Park, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Virtual Group IT kompaniyasi tomonidan “Open Data Challenge 2022” keng ko‘lamli xakatoni tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 59,7 %, transfertlardan olingan daromadlar 34,8 % hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 5,5 % tashkil etadi

2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 36 024,9 ming kishini tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 179,9 trln.soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 51,7 % ni tashkil qildi.

Aholini eng birinchi rasmiy ro‘yxatga olish 1790 yilda AQShda, keyinchalik 1800 yilda Shvetsiya va Finlyandiyada, 1801 yilda – Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o‘tkazilgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga eng koʻp faoliyat koʻrsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) quyidagi hududlarda kuzatildi:

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 90 177 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning dinamikasi  so’nggi yillar kesimida qaralganda quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

2023- yilning 1- yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli davlat roʻyxatidan oʻtgan yuk avtomobillari soni 219 628 donani tashkil etib, bir yil davomida ularning soni 50 818 taga koʻpaygan (2022-yilning 1-yanvar holatiga ushbu koʻrsatkich 168 810 tani tashkil etgan).

2022- yil yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 6,3 % ni tashkil etdi.

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2023- yil 31- yanvardagi 20- sonida “Ochiq maʼlumotlarning yangi yoʻnalishlari raqamli va haqqoniy statistika uchun qanday imkoniyatlar yaratadi?” nomli maqola chop etildi.