Qo`mita yangiliklari

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 319 288,2 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2021-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 12,3 % ga oshdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 73,6 mln. tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yuk joʻnatish hajmi 1,6 mln. tonnaga oʻsishi kuzatildi.

O‘zbekiston  Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabrida avtomobil transportida yuk tashish 414,4 mln. t. yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,1 %ni tashkil qildi, shundan eng ko‘pi kichik korxona va mikrofirmalar bolib, 276,7  mln. t. ni  tashkil qildi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 146,3 ming tonna goʻsht (tirik vaznda), 598,6 ming tonna sut, 391,1 mln. dona tuxum ishlab chiqarildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 130 767,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 106,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari faoliyati bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmining yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida  4 842,4 mlrd. so‘m, Toshkent viloyatida  1 841,8 mlrd. so‘m va Namangan viloyatida 1 252,1 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan  investitsiyalarning asosiy qismi, ya’ni 50,2 % i respublikaning to‘rt hududida o`zlashtirildi, jumladan, Toshkent shahrida  respublika bo`yicha jami investitsiyalar hajmining 21,6 %i, Toshkent viloyati 12,1 %, Buxoro viloyatida 8,3 % va Samarqand viloyatida 8,2 %  investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

Joriy yilning 23-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- KB” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra Surxondaryo viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 9 151,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 23- yanvar kuni Ochiq ma’lumotlar haftaligi doirasida “Sun’iy intellekt” texnologiyalaridan foydalanishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 228,8 ming tonna goʻsht (tirik vaznda), 1 013,2 ming tonna sut, 1 062,2 mln. dona tuxum ishlab chiqarildi.

Joriy yilning 17–19-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Toshkent shahrida Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Norasmiy iqtisodiyotdan rasmiy iqtisodiyotga oʻtish” loyihasi doirasida Xalqaro mehnat statistikasi standartlari bo‘yicha trening tashkil etildi.

Qashqararyo viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 3924,3 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,1 % ini tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 3 757,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich, quvvati 1 500 MVt bo‘lgan yangi elektr stansiyasi hamda quvvati 220 МVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish loyihalari bo‘yicha o‘zlashtirilgan investitsiyalar natijasida Sirdaryo  viloyatida kuzatilib, u 76,4 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra,  2022-yilning yanvar-dekabr oylarida  Oʻzbekiston importida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar: