Qo`mita yangiliklari

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 551,1 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi* 105,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 50 008,4 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 7 837,9 mln. AQSH dollariga yoki 18,6 % ga koʻpaydi.

 Respublika bo‘yicha 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 319 288,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 112,3 % ga oshdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-.yilning yanvar-dekabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 357 554,5 mlrd. so‘mga yetdi. 2021--yilga (119,5 %) nisbatan o‘sish sur’ati 115,9 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 132,2 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 577,9 ming tonna – sut, 489,3 mln. dona – tuxum ishlab chiqarildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabrida    kichik tadbirkorlik (biznes)da tashqi savdo aylanmasi hajmi 14570,0 mln.AQSh. dollarini yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 129,2 % ni tashkil etdi, shu jumladan:

2022- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 2 633,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 1,2 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha aholi jon boshiga hisoblangan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahrida 14 167,6 ming so‘m yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 94,6 %, Navoiy viloyatida 12 480,2 ming so‘m yoki 103,8 %, va Buxoro viloyatida 7 936,7 ming so‘m yoki 96,9 % qayd etildi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 228,9 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 897,5 ming tonna – sut, 405,8 mln. dona – tuxum ishlab chiqarildi.

Jizzax viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 4051,8 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 94,9 % ini tashkil qildi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida nodavlat mulkchilikdagi obyektlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmida eng yuqori ulushi Surxondaryo viloyatida ushbu viloyatdagi qurilish ishlari umumiy hajmining 99,6 % i qayd etildi.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida respublika budjetidan moliyalashtiriladigan infrastruktura, iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 140,1 % ni yoki 0,8 trln, so‘mni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 11 546,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 3,5 % ga o‘sdi.

2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

Surxondaryo viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2191,7 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 90,6 % ni tashkil qildi

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 14 464 dona “Spark” avtomobili ishlab chiqarilgan.