Qo`mita yangiliklari

2022- yilning 1- dekabr holatiga respublikamizda 15 497 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Soʻnggi toʻrt oy davomida tuxum 25 % ga, shu jumladan, joriy yilning noyabrida 7 % ga qimmatlashdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda qurilish ishlari hajmi 6,3 % ga o‘sdi. Jumladan, o‘sish sur’atlari bino va inshootlar qurilishida 103,7 % ni tashkil etdi. Shuningdek, fuqarolik obyektlari qurilishida 106,6 % va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarida 126,2 % ni tashkil etgan.  

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da  tovar va va xizmatlar  import hajmi 10717,2 mln.AQSh. dollarini yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 123,2 % ni tashkil etdi, shundan eng ko‘p import kichik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 6261,1 mln.AQSh. doll ni tashkil qildi.

2022- yilning yanvar- oktabr oylarida, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida 76,2 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 4,1 % punktga ko‘paydi.

2022-yil 1-oktyabr holatiga Respublikada yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 582,5 ming boshga yetdi.

 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyati bo‘yicha jami 6 780,8 mlrd.so‘m  asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 321,5 ming juft kalish ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 112,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-oktabr oyida 324,4 ming nafar chet el fuqarolari dam olish va hordiq chiqarish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan,ulardan:

2022- yil 11- dekabr kuni poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” binosida qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

2022-yilning yanvar–noyabr oylarida respublika boʻyicha jami 18230 ta egizak chaqaloq tugʻilganligi holatlari qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 43,0 %ni tashkil etdi.

2022- yilning 12- dekabr kuni MDHga aʼzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashining 65- majlisi videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida sanoat tarmog‘ining YAHM tarkibidagi ulushi 34,0 % ni, qurilish – 10,0 % ni va xizmatlar sohasi – 56,0 % ni tashkil etdi.

2022-yil 1-oktabr holatiga, Navoiy viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 508,3 ming boshni (2021- yil 1- oktyabr holatiga nisbatan 102,4 %), shundan sigirlar – 207,0 ming boshni (98,7 %), qoʻy va echkilar – 2 416,9 ming boshni (103,8 %), otlar – 22,0 ming boshni (103,7 %) hamda parrandalar – 3 387,0 ming boshni (107,0 %) tashkil etdi.

2022-yilning 7–9-dekabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag‘allik va daromadlar tengsizligini baholash bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi hamda kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Respublikamizda joriy yilning 1- dekabr holatiga jami 59 061 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining tovar va xizmatlar eksport hajmi 3852,8 mln. AQSh. dollarini yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 149,6 % ni tashkil etdi.