Qo`mita yangiliklari
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 40,2 trln. soʻmdan iborat boʻlib, umumiy bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1/4 ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan savdo xizmatlari hajmi 8,1 % ga oshgan.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 389,6 trln. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 5,4 % ga o‘sdi.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022 - yil yanvar-iyun oylarida Respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 540,5 ming so‘mni tashkil etib, (2021 - yil yanvar-iyun oylarida 2 968,5 ming so‘m bo‘lgan) 2021 - yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,3 % ni tashkil qildi.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish dasturiga muvofiq, Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchi shaxslar uchun o‘quv amaliy mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 395,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 16,3 ming dona avtomashinalar import qilgan.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Milliy statistika xizmatlarining maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning I yarim yilligida Qozogʻiston Respublikasida inflyatsiya darajasi 10,5 % ni, Qirgʻiziston Respublikasida 9,1 % ni, Tojikiston Respublikasida 4,0 % ni tashkil etdi.
2022-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha 24 572 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan boʻlib, har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.
2022- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston qiymati qariyb 450 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 821 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Kichik korxona va mikrofirmalarning 2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, yaqin 3 oyda kichik korxona va mikrofirmalarda band bo‘lganlar sonining ko‘payishiga ishonch bildirgan korxonalarning eng ko‘p ulushi hududlar bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida – 57,6% ni, Buxoro viloyatida – 35,2% ni, Surxondaryo viloyatida – 34,6% ni, Jizzax viloyatida – 32,5% ni tashkil etdi.
Oʻzbekistonga 2022- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 94,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 330 910 dona mobil telefon import qilingan.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-mart oylarida respublikadan tashqari (eksport)ga yuklab jo‘natilgan sanoat mahsulot (tovarlar va xizmatlar )lari miqdori jami – 2365,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi, shundan: maxsus iqtisodiy zonada – 752,4 mlrd. so‘mni, kichik sanoat zonasi – 236,9 mlrd. so‘mni, texnopark – 33,4 mlrd. so‘mni va klasterlarda – 1342,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
2022- yilning yanvar - may oylarida Samarqand viloyatida bino va inshootlar qurilishi bo`yicha 839,6 mlrd.so`m qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlarining 28,5 % ini tashkil etdi.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Respublikamizda 2018- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 178,5 foizni tashkil etdi.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar - may oylarida Namangan viloyatida bino va inshootlar qurilishi bo`yicha 1478,8 mlrd.so`m qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlarining 69,2 % ini tashkil etdi.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Respublikamizda 2022- yilning yanvar- iyun oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 1 360 ta, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.
26/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
2022- yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 102,7 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 102,7 % ni, o‘rmon xo‘jaligi – 102,0 % ni, baliqchilik xo‘jaligi – 111,5 % ni tashkil qildi.
25/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Bu jarayonda registratorlar tomonidan uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligi joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkaziladi.
25/07/2022 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 25-iyul kuni Davlat statistika qoʻmitasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi masʼul xodimi Q.Saparov ishtirokidagi navbatdagi seminar uy-joylar roʻyxatini tuzish uchun jalb qilinadigan xodimlar (registratorlar)ni maxsus oʻqitishni tashkil etish masalalariga bagʻishlandi.
690-sahifa 1012 dan


