Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning may oyida tabiiy gullar 2,2 % ga arzonlashdi. Shu bilan birga, ushbu mahsulot joriy yil boshidan 5,3 % ga va oʻtgan yilning may oyiga nisbatan 6,2 % ga oshgan.

2022-yilning may oyida sut narxi respublika boʻyicha oʻrtacha 2,2 % ga oshdi. Yil boshidan sut 8,3 % ga qimmatlashgan boʻlsa, oʻtgan yilning may oyiga nisbatan sut narxi 16,6 % ga oshdi.

2022- yil 1- yanvar holatiga koʻra, respublika boʻyicha 1 808 ta pochta aloqa boʻlimlari mavjud boʻlib, shulardan 450 tasi shahar joylarda (jamiga nisbatan 24,9 %)  va 1 358 tasi esa qishloq (75,1 %)  joylarda faoliyat yuritadi.

Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad – fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda Qonun va qarorlarni batafsil yoritishdan iborat.

2022- yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ATSlarda umumiy montaj qilingan raqamlar sigʻimi 2 161,3 mingtani, shulardan foydalanilgan raqamlar 1 485,9 mingtani tashkil etmoqda (68,8 %).

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra Andijon viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2 477,1 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,4 % ga o‘sdi. 2018- yilning yanvar-mart oylari bilan solishtirilganda Andijon viloyatining aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan YaHM hajmi o‘sish sur’ati 114,2 % ni tashkil etganligi kuzatildi.

        O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1-may holatiga kreditor qarzdorlik umumiy hajmi 214851,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kreditor qarzdorlik ishlab chiqaradigan sanoatda68167,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra Toshkent viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 6 407,7 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,4 % ga o‘sdi. 2018- yilning yanvar-mart oylari bilan solishtirilganda Toshkent viloyatining aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan YaHM hajmi o‘sish sur’ati 124,6% ni tashkil etganligi kuzatildi.

2022- yil yanvar- may oylarida hududlarda nodavlat mulkchilik shakli bo‘lgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Surxondaryo viloyatida kuzatilib, mazkur hududda bajarilgan umumiy qurilish ishlari hajmining 99,7 % ini tshkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-martida  kichik tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo aylanmasi hajmi 4505862,3 ming. AQSh. dollarini yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 143,2% ni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi  kichik korxonalar xissasiga to‘g‘ri kelib,  2610030,4  ming. AQSh. dollarini, mikrofirmalar esa 1791244,1 ming. AQSh. dollarini tashkil qildi.

2022- yil yanvar-may oylarida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami  1207,1 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarilib, respublika bo‘yicha bajarilgan jami qurilish ishlari tarkibidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,4 % punktga kamaydi.

2022- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Jizzax viloyati aholisining umumiy daromadlari hajmida transfertlardan olingan daromadlarning ulushi 20,1 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha jami ishga tushirilgan turar-joylarning 69,7 % i  qishloq joylarda ishga tushirildi. Jumladan, ishga tushirilgan yakka tartibda qurilgan turar-joylarning 69,1 foizi va namunaviy loyihalar asosida qurilgan turar joylarning barchasi qishloq joylarda qurilgan.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha umumiy maydoni 2812,3 ming kv.m bo`lgan turar-joylar ishga tushirildi.

Respublikamizda 2022-yilning yanvar- may oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar (1 121 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 barobarga oshgan.

2022- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyati aholisining umumiy daromadlari hajmida transfertlardan olingan daromadlarning ulushi 26,8 % ni tashkil etdi.

2022- yil 1- iyun holatiga qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 barobarga oshgan.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning may oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni