Qo`mita yangiliklari

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 33 991,1 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 4 175,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,3 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida 33 ta xorijiy davlatlarga qiymati 26,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 27,6 ming tonna qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 10 168,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 6,1 % ga o‘sdi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 35 271 276  kishini tashkil etmoqda.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda jami 397,3 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2021- yil yanvar- dekabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni quyidagicha:

Joriy yilning yanvar- dekabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 102,8 mingtani tashkil etdi. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 7 493 taga oshdi va oʻsish surʼati 107,9 foizni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida Respublikada 1 313,7 ming tonna uzum yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 105,1 % ni tashkil qildi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 391 tani tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yil yanvar-sentabr oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 25,9 % ni tashkil etdi, shu jumladan:

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 6 320,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 4,9 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 15,3 % ga yetdi va 2020- yilning yanvar-sentabriga nisbatan 1,3 foiz punktga oshdi.

Navoiy viloyatida 2021- yilning yanvar-noyabr holatiga, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 313 tani tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar - sentabrida  kichik tadbirkorlik (biznes)da sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 81501,1 milliard so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 109,1% ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 114,0 % ni tashkil etdi va jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 26,1 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida  427,9 mlrd. so‘m moliya va sug'urta faoliyati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtiridi.

2020/2021- o‘quv yilda mamlakatimizda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchi o‘g‘il bolalarning soni 117,3 ming nafarni tashkil etdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2021- yil yanvar-noyabr oylarida bu xizmatlarning ulushi 25,9 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori    ko‘rsatkichlar transport (23,9 %), moliyaviy xizmatlar (21,1 %), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5,9 %) bo‘yicha qayd etildi.