Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 2- noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm  viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan edi.

 2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 36,3 % ni, sanoat – 20,0 % ni, qurilish – 6,7 % ni va xizmatlar sohasi – 37,0 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlarda yuqori o‘sish Qoraqalpog‘iston Respublikasi (48,3 %), Sirdaryo (59,4 %), Qashqadaryo (40,6 %), Samarqand (36,9 %), Buxoro (35,9 %) viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida (31,5 %) kuzatildi.

2021- yil 1- noyabr holatiga ko‘ra (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 473 705 tani tashkil etib, 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan.

2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 46,1 % ni, sanoat – 11,4 % ni, qurilish – 7,4 % ni va xizmatlar sohasi – 35,1 % ni tashkil etdi.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importining jamiga nisbatan eng yuqori ulushi Surxondaryo viloyatida – 90,6 %, Jizzax viloyatida – 84,2 %, Namangan viloyatida – 77,5 %, Xorazm viloyatida – 75,4 %, Farg‘ona viloyatida – 75,0 %. Eng past ko‘rsatkich Andijon viloyatida - 14,0 % ni tashkil etdi.

2021- yil yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 83 857 ta bo‘lib, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 473 705  tani tashkil etgan.

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 71,5 % i to‘g‘ri kelib, 2020- yilning yanvar-sentabr oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 0,8 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2020- yilning mos davriga nisbatan 105,2 % ni tashkil etgan holda 1510,7  mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 3318,1 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 36,7 % ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 6,7 % i yoki  609,4 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi.

 Toshkent viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 75,4 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (31,3 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (44,1 %) o‘z ichiga oladi.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil import qilgan asosiy davlatlar:

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan O‘zbekistonga qiymati 114 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,4 mln. tonna sement import qilingan.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston xorijdan qiymati 154,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,2 mln. dona mobil telefon import qilgan.

 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:

Joriy yilning 26- noyabr kuni Qoraqalpoq davlat universitetida iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilar, magistrant va talabalari uchun “Statistika asoslari” bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.

Har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida qayta o‘rganilmoqda.

2021- yil 25- noyabr kuni Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida “Yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.