Qo`mita yangiliklari
Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar - iyun oylarida qiymati 402,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 716,7 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.
29/07/2021 • Qo`mita yangiliklari
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yil 1–25- noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
28/07/2021 • Qo`mita yangiliklari
Mamlakatimizda 2020- yilda jami muzeylar soni 105 tani tashkil etgan. Shundan, muzey filiallari soni 49 taga teng. Muzeylarga tashrif buyuruvchilar soni esa, 1515,8 ming kishidan iborat bo‘lib, ulardan o‘quvchi va talabalar ulushi 52,7 % ni tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda jami 48,6 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 mln. 543,8 ming tonna kartoshka yetishtirildi.
28/07/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 27- iyul kunlari Andijon viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi tomonidan Ulug‘nor tumani hokimiyati majlislar zalida Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha tadbir o‘tkazildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar:
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
27/07/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subyektlarining YaIMdagi ulushi 53,0 % ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 16,7 birlikni tashkil qildi.
27/07/2021 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 27- iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2021- yil II chorak yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi o‘tkazildi. Unda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, qo‘mitaning tarmoq va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.
2021- yil yanvar-iyun oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 9 175,4 ming so‘mni (yoki 871,8 AQSh dollari ekvivalentida) tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 4,2 % ga o‘sdi.
2021- yilning yanvar-iyun oylarida Respublika bo‘yicha YaIMning shakllanishida Toshkent shahri 17,5 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, respublikamizda 390,7 ming tug‘ilish qayd etilgan.
Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar-iyun oylarida 1855 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga respublikaning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda:
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2021- yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 230,9 trln. so‘mni tashkil etdi.
930-sahifa 1010 dan


