Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 31-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik  subyektlarining chakana savdo aylanmasidagi ulushi 82 % ni  tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha  13,6 trln soʻm asosiy  kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurilishi boʻyicha 16,9 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakuniga koʻra, sanoat tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 151 110,1 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida temir yoʻl transportida 4 970,9 ming yoʻlovchi joʻnatilgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga koʻra, republikamizda  chet el investitsiyasi ishtrokida 13 880 ta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 4 632,9 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 5 kishi yashaydigan uy xoʻjaliklari 22,5 % ni tashkil etmoqda.

Joriy yilning 30-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2024-yil 2-chorak yakunlari boʻyicha agentlikning kengaytirilgan Hay’at yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Statistika agentligi rahbariyati, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti vakillari, Markaziy apparat boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar–iyun oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 3 480 tani tashkil etgan.  

Joriy yilning 25–26-iyul kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida Gruziya milliy statistika idorasining 105-yilligi hamda gender statistikasiga oid konferensiya oʻtkazildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakuniga koʻra, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 98 977,9 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida axborot va aloqa iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha  4,3 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 55 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylari yakuniga koʻra, Toshkent metropolitenida jami 131,9 mln yoʻlovchi tashilgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga koʻra, 13 880 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

“Biznes Daily Birja” gazetasining 2024-yil 30-iyuldagi 59-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlari asosida yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy holati raqamlarda aks ettirilgan.