Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 5 288,1 ming tonnani tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 31,8 mlrd AQSH dollariga yetgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga 13 880 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

2024-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston hududida faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi shifokorlarning umumiy soni 105,7 ming nafarni tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 156,5 tonna pechenye ishlab chiqarilgan.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda.

Statistik ma’lumotlar jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tavsiflash va boshqarishning eng muhim vositasidir.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida havo transportida bir kunda oʻrtacha 17,9 ming nafar yoʻlovchilar tashilgan.

Respublikamizda 2024-yil 1-iyul holatiga 390 898 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 164 567,6 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha shifoxona muassasalarida jami oʻrinlar soni 174,5 mingtani tashkil etdi.

Bugungi kunda respublikada 62,3 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 10,9 mingtasi (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy  sonining 17,5 % i ) Toshkent shahriga, 6,6 mingtasi (10,6 %) Farg‘ona viloyatiga,6,4 mingtasi (10,3 %) Toshkent viloyatiga, 5,2 mingtasi (8,4 %) Samarqand viloyatiga va 5,2 mingtasi (8,3 %) Andijon viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 40,5 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  68,5 % ni tashkil etdi. 

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 10 va undan katta yoshdagi aholining taʼlim muassasasida internetdan foydalanayotganlar ulushi 12,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, tashish va saqlash sohasining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 6,8 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 12,4 ming tonna misdan quvurlar ishlab chiqarilgan.

2024-yil yanvar-iyun oylari yakuniga koʻra, Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha 724,5 ming nafar yoʻlovchi tashilgan.

Respublikamizda 2024-yil 1-iyul holatiga qurilish sohasida jami 53 380 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.