Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 24,1 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami 16,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-mart holatiga koʻra, 408 943 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 146,9 tonna yogurt ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 27,8 % ga oshgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 va undan katta yoshlilar orasidan mobil telefondan foydalanuvchi erkaklar ulushi 99,1 % ni tashkil etdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 2 833,3 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylari davomida respublika boʻyicha sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 235,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, savdo sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 6,3 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yangi qurilishga yoʻnaltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 23,8 trln. soʻmga yetdi.

Fuqarolik obyektlarini qurilishi faoliyatida 3,6 trln. soʻmlik ishlar bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi – 22,2 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda joriy yilning 1-mart holatiga koʻra, sanoat sohasida 110 851 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, oʻsish surʻati 2023-yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida qariyb 13 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 233 tonna sariyogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan qishloq joylarda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha  67 766 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

“Zarafshon” gazetasining 2024-yil 2-apreldagi 40-sonida Samarqand viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi Sharof Abdiyevning  “Qaysi sohada qanday natija?” nomli maqolasi chop etildi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 va undan katta yoshlilar orasidan mobil telefondan foydalanuvchi ayollar ulushi 99,2 % ni tashkil etdi.