Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 632 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Eronga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining uzunligi 42,9 ming km.ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 127,2 ming tonna mazut ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 14,0 %ga oshgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 36 686 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Statistika agentligi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

Iste’mol narxlari indeksi (INI) iste’mol sektoridagi inflyatsion jarayonlarning asosiy indikatori sifatida alohida o‘rin egallab, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda hal qiluvchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 3 897,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 7,1 %ga o‘sdi.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida 4 963 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib, so‘nggi besh yilning mos davrlarida ularning dinamikasi quyidagicha:

Joriy yilning 30-noyabr kuni poytaxtimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik boʻyicha ikkinchi global forum tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyatida aholi mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 1,6 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi 24,3 %ni tashkil etdi.

 Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrlardan yuqori bo‘lib 70,3 %ni tashkil etdi.

2022/2023 o‘quv yili boshiga Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 57 503 nafarni tashkil etgan.

2023-yil yanvar-oktabr oylarida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 10 355,7 ming soʻmga yetdi. 2022-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan oʻsish surʼati 110,4 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 854,1 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 33,0 %ga oshgan.

2023-yil 30-noyabr kuni Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda agentlik xodimlari, universitet o‘qituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 688,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 5,4 %ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahri aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 46,0 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-noyabr holatiga savdo sohasidagi 159 719 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular jami korxonalar sonining 32,6 %ini tashkil etadi.