Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent shahrida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 7,5 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 148,8 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 17-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Statistika idoralari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish boʻyicha tadbir oʻtkazildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Fargʻona viloyati boʻyicha 1 811 nafar egiz tugʻilganlar (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

Joriy yilning 17-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 4 766,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 0,8 % ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 67,1 %ni,  transfertlardan olingan daromadlar 24,4 %ni hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 8,5 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, jami 490 356 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan 66 749 tasi xususiy korxonalardir.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari davomida tramvay transportida 2 584,4 ming yoʻlovchi tashilgan. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 461,9 mingga koʻpdir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 7 384 dona mototsikl ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,4 barobarga oshgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Fargʻona viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 1,8 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Toshkent viloyati boʻyicha 1 174 nafar egiz tugʻilganlar (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 11 224,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 6,2 % ga o‘sdi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida direktor oʻrinbosari hamda onlayn eʼlonlarni joylashtirish boʻyicha eng ommabop elektron maydonlardan biri boʻlgan “OLX CLASSIFIEDS” MCHJ (Olx – savdo belgisi) rahbari tomonidan oʻzaro hamkorlik Memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Namangan viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari umumiy hajmidagi ulushi 90,8 %ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 63,0 %ni,  transfertlardan olingan daromadlar 30,6 %ni hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 6,4%ni tashkil etadi.

Respublikamizda 2023-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, qurilish sohasida jami  35 127 ta korxona faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda otlar soni 271,8 ming boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,9 %ga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida temiryoʻl transportida 7 425,7 ming nafar yoʻlovchi tashilgan. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 751,4 ming kishiga koʻpdir.