Qo`mita yangiliklari

2023-yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 58,7 %ni, transfertlardan olingan daromadlar 33,3 %ni hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 8,0 %ni tashkil etadi.

2023- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra ishtirokchisi mavjud jami 22 ta maxsus iqtisodiy zona (keyingi o‘rinlarda – MIZ), 323 ta kichik sanoat zonasi (keyingi o‘rinlarda – KSZ), 24 ta texnopark hamda 450 ta klasterlar (keyingi o‘rinlarda – klaster) mavjud bo‘lib, ularning tarkibidagi korxonalar soni MIZda 752 tani, KSZda 2 488 tani, texnoparklarda 1 501 tani va klasterlarda 455 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 74 331 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ularning so‘nggi yillarning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 375 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi 4,1 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Qirgʻiz Respublikasidan Oʻzbekistonga 1 420,2 ming nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyati boʻyicha 5 206,5 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Samarqand viloyati boʻyicha 1 712 nafar egiz tugʻilganlar (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsuloti hajmi 43 513,4 ming so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 5,3 % ga o‘sdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlari soni har 1000 aholiga 14,1 birlikni tashkil qildi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga eng ko‘p Yakkasaroy tumanida – 58,2 birlikni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Toshkent viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 74,6 %ni,  transfertlardan olingan daromadlar 16,0 %ni hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 9,4 %ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oyida jami 76 734 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan. Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 1,9 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi 9,9 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyati boʻyicha 6 115,7 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning 10-noyabr kuni Statistika agentligida xodimlarning konstitutsiyaviy huquqlari va korrupsiyaning oldini olish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 1 406 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Italiyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Navoiy viloyati boʻyicha 431 nafar egiz tugʻilganlar (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 490,2 ming dona elektr isitgichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 43,3 %ga oshgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida YAHM hajmi 3,1 % ga o‘sdi va 22 128,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.