Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 600 709 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 barobarga oshgan.

Navoiy viloyatida 2023-yilning yanvar-iyunida  kichik tadbirkorlik (biznes)  subyektlarining YAHMdagi ulushi 24,6 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan  viloyatida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 2 246,1 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 31,4 % ga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Toshkent shahri boʻyicha 18 886,2 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

Aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat tashkilotlari va idoralarida ham turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 28 040 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 620 nafarga (6,1%) koʻpaygan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 63,6 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 986,7 tonna pechenye ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 41,7 %ga oshgan.

2023-yil 1-iyul holatiga, Sirdaryo viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 458,2 ming boshni (2022-yil 1-iyul holatiga nisbatan 103,1 %), shundan sigirlar – 174,6 ming boshni (103,0 %), qoʻy va echkilar – 366,5 ming boshni (105,6 %), otlar – 16,3 ming boshni (108,5 %) hamda parrandalar – 4 284,0 ming boshni (106,6 %.) tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bo‘yicha Surxondaryo (128,0 %), Namangan (125,4 %), Xorazm (124,8 %), Sirdaryo (124,6 %)  va Andijon (124,3 %) viloyatlari yuqori o‘sish sur’ati kuzatildi. Ushbu sohadagi xizmatlar hajmining nisbatan pastroq o‘sish Farg‘ona viloyatida (120,7 %) qayd etildi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 22 270,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,2 % ga o‘sdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni 162 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida 3 484 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Nаvoiy viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan yillarning tegishli davrlardan yuqori bo‘lib 82,7 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyatida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 3 821,0 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 martaga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Fargʻona viloyati boʻyicha 5 298,1 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Surxondaryo viloyati boʻyicha 10 571 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 59,5 %ni tashkil etdi.