Qo`mita yangiliklari

Toshkent shahrida YAHM hajmi 83 267,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 7,9 % ga o‘sdi. Sanoat tarmog‘ida 104,5 %, qurilishda 100,1 % va xizmatlar sohasida 110,8 % o‘sish sur’atlari kuzatildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyatida 12,3 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 6,7 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 54,4 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Andijon viloyatida jami 4,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 23 640 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 22,8 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davrida 21,2 %ni tashkil etgan.

Tashqi savdo aylanmasi – muayyan davr uchun mamlakat eksporti va importi qiymatining miqdori hisoblanadi.

2023- yil 1- avgust holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 94 406 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 314 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 94 092 tani tashkil qildi.

Xizmatlar sohasi bu – korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatiladigan turli xil xizmat turlarini takror ishlab chiqarishni oʻz ichiga olgan umumlashtiruvchi kategoriyadir. Bu tijorat, professional va isteʼmol xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan mamlakatning iqtisodiy sektoridir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 302 dona pritseplar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,1 martaga oshgan. 2023-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 108 dona pritseplar ishlab chiqarildi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida 8 944 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar soni so‘nggi yillarning mos davrlaridaga nisbatan quyidagicha:

Toshkent viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 21,7 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida 7,9 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 3,9 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 49,8 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Jizzax viloyatida jami 2,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida 2 milliondan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Surxondaryo viloyati boʻyicha 47 200 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 29,4 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davrida 28,1 %ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida umumiy foydalanishdagi temir yoʻl orqali joʻnatilgan yuklarning umumiy hajmiga nisbatan katta ulushni turli rudalar (13,2 %), neft yuklari (8,9 %), koʻmir (7,3 %), qurilish yuklari (7,0 %), kimyoviy va mineral oʻgʻitlar (4,7 %) va boshqa yuklar (51,1 %) egallaydi.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 9 223,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 4,4 % ga o‘sdi.