Qo`mita yangiliklari

2022-yil yanvar–dekabr oylarida Jizzax viloyatida jami 10,8 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Ulardan 50,3 % i yangi qurilishlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha 20,3 % hamda boshqa xarajatlarga 29,4 % investitsiyalar yo‘naltirildi.

2022- yilda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy faol aholisi soni 15 071,3 ming kishini tashkil etgan.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning 1-yanvar holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasida maktablar soni 746 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 22-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Statistika  agentligi Markaziy apparati boshqarma boshliqlari bilan ham “Turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda sodir boʻlganda toʻgʻri harakat qilish” mavzusida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari keng qoʻllanilgan innovatsion interaktiv xonalarda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 20,8 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilda 21,4 %ni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha bajarilgan ishlar ulushi 21,1 % ni tashkil etdi.

2022-yil yanvar-dekabr oylari yakuniga koʻra, barcha qatnov turlari boʻyicha jami temir yoʻl transportida tashilgan yoʻlovchilarning 14,7 % yoki 1 318,3 ming nafari “Afrosiyob” tezyurar poyezdida tashilgan. Bu esa oʻrtacha bir kunda 3,6 ming yoʻlovchi ushbu transport turidan foydalanganini koʻrsatmoqda.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasida 343 374,2 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi. Ushbu soha yalpi qo‘shilgan qiymatini yaratishda Toshkent shahri (21,8 %) eng katta hissa qo‘shdi. Samarqand va Toshkent viloyatlari 6,6 % va 6,3 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 177,4 ming tonna baliq ovlandi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 481,4 ming dona bamperlar va ularning qismlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 161,7 % ni tashkil etdi.

2023-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan.

 2023-yilning yanvar oyida makaronlar narxlari bir oyda 0,1 % ga oshgan.

2022- yilning yanvar-dekabrida  qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida kichik tadbirkorlik umumiy hajmiga nisbatan ulushi 95,3 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng ko‘p ulush Jizzax viloyatida98,3 % ni tashkil qildi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida Buxoro viloyatida jami 21,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Ulardan 62,0 % i yangi qurilishlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha 22,8 % hamda boshqa xarajatlarga 15,2 % investitsiyalar yo‘naltirildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida jami 31,9 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 101,1 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1-yanvar holatiga Qashqadaryo viloyatidagi maktablar soni 1 220 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 22-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- KB” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy faol aholisi soni 15 071,3 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 90,6 ming kishiga ko‘paygan.