Qo`mita yangiliklari

        Kichik korxona va mikrofirmalarning  2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, joriy davrda iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p ulushi savdoda – 37,0 % ni, xizmatlar sohasida 34,8 % ni, sanoatda 34,5 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar- may oylarida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan. So’nggi besh yilda sanoat sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining сhakana savdo aylanmasidagi ulushi 76,3 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2 914,4 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 % ga o‘sdi.

2022- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni (14 119 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi quyidagicha ko‘rinishni hosil qildi:

2022- yilning 1- yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda quyonlarning umumiy bosh soni 600,6 ming boshni tashkil etdi.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2022- yil 28- iyundagi 127- sonida Davlat statistika qo’mitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovichning “Statistika idoralarida qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish – ustuvor vazifa” nomli maqolasi chop etildi.

2022- yil 24- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Yuridik bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 16- maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 259- son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi. 

Joriy yil 24-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Davlat organlari faoliyati ochiqligini taʼminlashda axborot xizmatlari va OAV hamkorligi istiqbollari” mavzusida milliy anjuman tashkil etildi.

Davlat statistika qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tadbir tashkil etildi. Tadbirga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi,  Konstitutsiyaviy komissiya aʼzosi Nazarov Sharofiddin Xakimovich taklif etildi.

Ushbu jarayonga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasining hududlardagi boshqarma xodimlari tomonidan xonadonma-xonadon yurilib uylarning  raqamlanish holati o‘rganilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo`lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha jurnalistlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Oliy taʼlim tashkilotlarida 2021- yilda jami 37,4 ming nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritgan. 2020- yilda bu koʻrsatkich 32,1 ming nafarni tashkil etgan.

2021- yil yakunlariga koʻra kespublika boʻyicha jami 172 ming tonna baliq ovlangan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2020- yilga nisbatan 119,3 % ni tashkil etgan.

2021/2022 oʻquv yili boshiga respublikamizdagi umumtaʼlim muassasalarida jami 6 304,6 ming nafar oʻquvchilar taʼlim olmoqda. Jami oʻquvchilarning 3 235,7 ming nafari (51,3 %) oʻgʻil bolalar va 3 068,9 ming nafari (48,7 %) qiz bolalar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-martida  kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 32 487,0  mlrd. so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 102,5% ni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi  dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi xissasiga to‘g‘ri kelib – 28 798,9  mlrd. so‘mni, kichik korxonalar va mikrofirmalar esa – 3 688,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Bu jarayonda registratorlar tomonidan uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligi joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkaziladi.

2021- yil yakunlariga koʻra Respublika boʻyicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 3457,8 ming gektarni tashkil etdi.

Ushbu koʻrsatkich hududlar kesimida tahlil qilinganda, umumiy maydonning 74,9 %i – Qorqalpogʻiston Respublikasi, 18,6%i – Toshkent viloyati, 2,4%i – Qashqadaryo viloyati hamda 2,0%i – Jizzax viloyati hissasiga toʻgʻri keldi.