Qo`mita yangiliklari

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 12 685,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 42,9 % ga yetdi va 2020- yilning yanvar-sentabriga nisbatan 2,0 foiz punktga oshdi.

2021- yilning dekabr oyida noutbuk narxlari 2021- yilning noyabr oyiga nisbatan ya'ni bir oyda o‘rtacha 0,7 % ga qimmatlashgan.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 12199,1 mlrd. so‘m qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtiridi.

2021- yilning dekabr oyida apelsin narxlari 2021- yilning noyabr oyiga nisbatan ya'ni bir oyda o‘rtacha 2 % ga arzonlashgan.

2021- yilning yanvar- noyabr oylarida, respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida jami faoliyat yuritayotgan kiyim mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 11,6 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 120,1 % ni tashkil etdi.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida o‘qish uchun Janubiy Koreyaga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari soni 1,7 ming kishini, shundan 22,2 foizini ayollar tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 257 294,7 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 58 821,3 mlrd. so‘mga oshdi.

2021- yilning yanvar-sentabrida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlikning YAHMdagi ulushi 74,8 % ni tashkil qildi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 4 330,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 26,0 % ga yetdi va 2020- yilning yanvar-sentabriga nisbatan 0,2 foiz punktga, 2017- yilning mos davriga nisbatan 1,0 foiz punktga oshdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida 167,8 trln. so‘m nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Respublikamizda yanvar- noyabr oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 161,5 foizga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan:

Oʻzbekistonda 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida 847 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 19 ta xorijiy davlatlardan qiymati 242 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 5 930 ta yuk avtomobillari import qilingan.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, dekabr oyida banan narxlari noyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 4 % ga arzonlashgan.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2021- yil yanvar - noyabr holatiga ko‘ra, haftada bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan uy xo‘jaliklari a’zolarining ulushi 34,5 %ni tashkil etdi, haftasiga ikki marta shug’ullanuvchilar- 42,7 %ni, haftada uch marta yoki undan ko‘proq shug’ullanuvchilar ulushi - 22,8 %ni tashkil etdi.

2021- yil 1 oktabr holatiga Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga nisbatan 23,6  birlikni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar- noyabr oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,6 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha ko‘rinishni hosil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.