Qo`mita yangiliklari

 Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami  3875,0 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 73015,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 5,0 % va 95,0 % ni tashkil etdi.

 O‘zbekiston Respublikasida 2016- yildan 2020- yilgacha mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari joylari soni soni 1,3 barobarga ko‘payib, 2020- yilda 50,4 mingtani tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga kora Qoraqalpog‘iston Rspublikasida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 80,1 % ni tashkil etdi,

2020- yil yakunlariga ko‘ra Respublika bo‘yicha atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalardan atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori 924,4 ming tonnani tashkil etdi.

2020- yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha sanoat tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati 34 241,3 mlrd.so‘mni tashkil etdi

Hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati 135,2 % ga o‘sib, Xorazm viloyatida kuzatildi.

 Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 19,1 % ni tashkil etdi yoki 14742,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2020- yilning yanvar- sentabr oylariga nisbatan 115,6 % ni tashkil etdi.

 2020- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar   hajmi  44422,7 mlrd. so‘mni  tashkil etgan.

 2020- yilda Jizzax viloyatida xizmatlar umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi yuqori bo‘lib 31,7 % ni yoki 1 591,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

2020/2021- o‘quv yili boshiga mamlakatimizda qishloq joylarda joylashgan umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning jami soni 2958,8 ming nafarni tashkil etib, ulardan 1461,7 ming nafari (49,4 %) qizlar va 1497,1 ming nafari o‘gil bolalar (50,6 % ) dan iborat.

 Mamlakatimizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p korxonalar soni mas‘uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelib, 1- oktabr holatiga yillar kesimida qaralganda quyidagicha ko‘rinishni hosil qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga kora Andijon viloyatida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 75,0 % ni tashkil etdi, shundan 24,3 % bir bolali, 25,7 % ikki bolali, 18,3 % uch bolali hamda 6,7 % uy xo‘jaliklarda to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan. 25,0 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas.

O‘zbekistonda narxlar statistik to‘plamida iste’mol bozori va ishlab chiqarish sohasidagi narxlarning statistik monitoringi natijalari keltirilgan. Bunda o‘rtacha iste’mol narxlari (tariflar) va tovarlar va xizmatlar narxlari indekslari (tariflari) to‘g‘risida batafsil ma’limotlar nashr qilingan.

2021- yil 22- oktabr kuni Davlat statistika qomitasining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi tomonidan Qomita markaziy apparati rahbar xodimlari uchun “O‘zbekiston Respublikasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar: islohotlar, muammolar va ularning yechimlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Respublikamizda tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ko‘pligi bo‘yicha hisoblanganda 3 o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2021- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11 foiz ulushini tashkil etgan.

2020- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari  hajmi, kichik korxona va mikrofirmalar jami qurilish ishlarining  3,1 % ini tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 2020- yilda Buxoro viloyatida xizmatlar umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi yuqori bo‘lib 34,1 % ni yoki 3 353,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan.