Qo`mita yangiliklari

2024- yil 9–10- oktabr kunlari Polshaning Varshava shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari uchun tajriba almashish maqsadida uchrashuvlar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 35 ta xorijiy davlatdan qiymati 94 mln AQSH dollariga 32 ming tonna shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan elektr changyutgichlar soni o‘rtacha 75 tani tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 421,7 ming tonna don va dukkakli don ekinlari yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 260,2 trln so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga, reklama faoliyati va bozor konyunkturasini o‘rganish sohasida 1 623  ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilishning jamidagi ulushi 34,2 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa bu koʻrsatkich 46 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 9 391,7 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024- yilning 30- sentabr – 3- oktabr kunlari Seul shahrida (Janubiy Koreya) Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) hamda Koreya statistika idorasi (KOSTAT) tomonidan tashkil etilgan “Osiyo va Tinch okeani mintaqasida Xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi bo‘yicha 10-seminar” bo‘lib o‘tdi.

Statistika agentligining 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 57 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 11- oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari va ularni e’lon qilish” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jami 95,7 ming tonna (tirik vaznda) goʻsht yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 33,2 trln so‘mni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligi tomonidan 2024- yil 11- oktabr kuni agentlik binosida “Oʻzbekistonda xotin-qizlar va erkaklar: fakt va raqamlar” nomli statistik toʻplamining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida ijara xizmatlari 5 811 mlrd soʻmni tashkil etgan.

O’zbekistonda 2024- yil 1- oktabr holatiga 402 802 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilish hisobidan 25,9 trln soʻmlik, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa 35 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 10 525,1 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.