Qo`mita yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2024-yilning 8 –12-aprel kunlariga belgilangan Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik yordam missiyasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik  subyektlarining tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 42,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami 16,9 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra, sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 1 530,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 119,1 %ga yetdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 8 487,5 mln. dona tuxum olindi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 9-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari boʻlimi xodimlari uchun turmush darajasi kuzatuvlari statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining oʻrtacha yoshi 29 yoshni tashkil etgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 6,8 % ga o‘sdi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida korxona va tashkilotlarning kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiyaga investitsiyalar ulushi boʻyicha yuqori natijalar Andijon viloyati – 67,9 %, Qashqadaryo viloyati – 60,6 %, Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 60,5 % kuzatildi.

Respublikamizda 2024-yilning yanvar-fevral oylarida 12 627 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 16 575,3 tonna polipropilen ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 18,6 % ga oshgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning 8-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi texnik yordam missiyasining milliy hisoblar statistikasi boʻyicha vakili Levan Gogoberishvili bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Joriy yilning 8-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Narx statistikasi boʻlimi xodimlari uchun narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

 2023/2024 oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasida akademik litseylarga qabul qilingan qiz bolalar soni 7 488 nafarni tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 va undan katta yoshlilar orasidan internetdan foydalanuvchi erkaklar ulushi 90,9 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylari yakunlariga koʻra, jami meʼmorchilik, muhandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 1 189,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi.