Qo`mita yangiliklari

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida jami qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 404 648,6 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 30-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2023-yil yakunlari boʻyicha agentlikning kengaytirilgan Hayʻat yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Statistika agentligi rahbariyati, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti vakillari, Markaziy apparat boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida asosiy kapitalga investitsiyalar 11,9 trln. soʻm oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 7,1 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 59,9 % ini tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Toshkent viloyatida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan  12 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 98 % ni tashkil etgan. 

Jizzax viloyatida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi 26 747,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-yanvar holatiga jami 69 444 ta sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali 9,7 mln yoʻlovchi tashilgan.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekistonga 70,4 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan.

2023-yil yakuniga koʻra, sanoat tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 262,8 trln. soʻmni tashkil etgan.

2023-yil yakuniga koʻra, sanoat tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 262,8 trln. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar–dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 426 264 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 352,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 160,5 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 45,6 % ini tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 6 481,3 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Surxondaryo  viloyatida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan  6,4 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 99,5 % ni tashkil etgan. 

Qashqadaryo viloyatida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi 39 415,8 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, 67 778 ta oilaviy korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

2023-yilda yalpi ichki mahsulot oʻsishiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻi 1,0 f.p., sanoat tarmogʻi – 1,5 f.p., qurilish tarmogʻi – 0,4 f.p. va xizmat koʻrsatish sohasi – 2,6 f.p. ijobiy hissa qoʻshgan.

2022/2023-oʻquv yili boshida Sirdaryo viloyatidagi oliy taʻlim tashkilotlarida sirtqi taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 10 190 nafarni tashkil etgan.