Qo`mita yangiliklari

 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyati bo‘yicha jami 6186,9 mlrd. so‘m  asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi  20,1 %ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi Yangihayot tumani hokimligi bilan hamkorlikda 8-dekabr – Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbir va sport musobaqalarini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2 448,9 tonna ishlov berilgan suyuq sut ishlab chiqarilgan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2022- yil yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 86 810 ta.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 27,2 %ni tashkil etdi.

Maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 41 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 215,6 ming dona kir yuvish mashinasi import qilingan.

Davlat statistika qoʻmitasida davlatimizning yuksak eʼtirofiga sazovor boʻlgan bir guruh xodimlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Davlat statistika qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-419-son qarori ijrosi yuzasidan tuzilgan Demografiya va mehnat statistikasi boʻyicha idoralararo ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida sug‘urta xizmatlari hajmi 4 975,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021- yil yanvar-oktabrga nisbatan o‘sish sur’ati 178,2 % darajasida qayd etildi.

 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha jami 5264,2 mlrd. so‘m  asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 68,5 % ni tashkil etdi. Farg‘ona viloyati yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi eng ko‘p bo‘lib,  93,7 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida YAHM 4,7 % ga o‘sdi va 22 646,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi. 

             2022-yil 1-oktabr holatiga, Andijon viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 119,7 ming boshni (2021- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 102,9 %), shundan sigirlar – 386,0 ming boshni (103,4 %), qoʻy va echkilar – 1 506,6 ming boshni (102,0 %), otlar – 7,0 ming boshni (103,9 %) hamda parrandalar – 9 168,4 ming boshni (113,0 %) tashkil etdi.

 Transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.

2022- yilning yanvar–oktabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 55,1 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,6 % punktga ko‘paydi. 

Ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil yanvar-noyabr  oylarida jami yangi tashkil etilgan korxonalar  soni 86 810 tani tashkil etdi. Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz)  quyidagicha shakillandi:

  2022-yil 1-oktabr holatiga Buxoro viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 303,4 ming boshni (2021- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 102,8 %), shundan sigirlar – 429,4 ming boshni (102,8 %), qoʻy va echkilar – 2 316,1 ming boshni (103,5 %), otlar – 7,2 ming boshni (108,3 %) hamda parrandalar – 6 129,1 ming boshni (116,1 %) tashkil etdi.