Qo`mita yangiliklari

2022- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 153 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 870 taga ko‘paygan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida jami 4362,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 108,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 2,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 340 tonna kofe import qilgan.

2022- yilning 1- oktabr holatiga demografik koʻrsatkichlar statistik raqamlarda:

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Aziz Karimjonov ham tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Toshkent shahri aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (60,5 %),  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar (20,6 %) hamda  transfertlardan olingan daromadlar (18,9 %) tashkil etadi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar)(-) miqdori jami – 1042,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2022- yil yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Oʻzbekiston havo yoʻllari tomonidan jami 6,4 ming tonna yuk tashilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 17 652,4 ming so‘mni (yoki 1 603,4 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 3,6 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari  umumiy hajmi 121,7  trln. soʻmni yoki  2021- yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5,6 ming tonna qoplar va paketlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 3,7 martani tashkil etdi.

2022- yilning 1- noyabr holatiga respublikamizda 15 153 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 5498,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 101,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyatida yuqori o‘sish surati kuzatilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 122,5 % ni tashkil qildi.

2022- yilning 1- oktabr holatiga Xorazm viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (53,1 %), transfertlardan olingan daromadlar (40,6 %) hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar (6,3 %) tashkil etadi.

2022- yil yanvar-oktabr oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 7 364 taga kamligini ko‘rish mumkin.

 2022- yil 10- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Toshkent davlat transport universitetida davra suhbati tashkil etildi.