Qo`mita yangiliklari

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 76 699 tani tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha ovqatlanish bilan ta’minlash tovar aylanmasining eng ko‘pi Toshkent shahri (1292,5 mlrd. so‘m), Toshkent (317,8 mlrd. so‘m) va Samarqand (219,3 mlrd. so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.

2021- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 64,8 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 26,2 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

2020/2021- o‘quv yili  boshiga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining faoliyat yuritayotgan professorlar soni 1366 nafarni tashkil etgan bo‘lib, ularning hududlar bo‘yicha soni quyidagicha.

 Joriy yilning 2- noyabr kuni Toshkent davlat texnika universitetida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ochiq dars o’tkazildi. Unda Davlat statistika qo‘mitasi marzakiy apparat boshqarma boshliqlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti rahbariyati, Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

 Kichik korxona va mikrofirmalarning ovqatlanish bilan ta’minlash tovar aylanmasi hajmi

2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 475 349 ta tashkil etdi.

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 242,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 25 171 ta yengil avtomobillar eksport qilgan.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, savdo sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 6,5 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar - sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga kora Xorazm viloyatida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 79,4 % ni tashkil etdi. Shundan 22,7 % bir bolali, 29,8 % ikki bolali, 20,6 % uch bolali hamda 6,3 % uy xo‘jaliklarda to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan. 20,6 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas.

 Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 19,1 % ni tashkil etdi yoki 14742,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2020- yilning yanvar- sentabr oylariga nisbatan 115,6 % ni tashkil etdi.

 2020- yilda Toshkent viloyatida umumiy xizmatlar tarkibida savdo xizmatlari ulushi eng yuqori – 34,1% yoki 5 607,2 mlrd. so'm bo'ldi.

2020/2021- o‘quv yili  boshiga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchi xodimlari soni 32 070 nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda, 6963 nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.

 2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 27,6 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston raqamlarda statistik to‘plamida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar chop etilgan.

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil import qilgan asosiy davlatlar.

2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari jami tadbirkorlik subyektlaridagi ulushi 7,1 foizni (soni 475 349 ta) tashkil etdi.