Qo`mita yangiliklari

Bugungi kunda respublikada 63,4 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 11,1 mingtasi (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 17,6 % i) Toshkent shahriga, 6,6 mingtasi (10,4 %) Farg‘ona viloyatiga, 6,5 mingtasi (10,3 %) Toshkent viloyatiga, 5,3 mingtasi (8,4 %) Samarqand viloyatiga va 5,2 mingtasi (8,1 %) Andijon viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida korxona mablagʻlari hisobidan asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hududiy tarkibida eng yuqori koʻrsatkichlar:

Joriy yilning 20- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yil 18- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 9–12- sentabr kunlari Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika bo‘limi, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi davlatlari uchun BMT Statistika instituti, Statistik siyosatni rejalashtirish bo‘yicha kanselyariya bosh direktori, Yaponiya hukumatining Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi hamda Qirg‘iz Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamkorligida Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi davlatlari uchun iqlim o‘zgarishi va biologik xilma-xillik hisobini yuritish bo‘yicha mintaqaviy seminar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

2024- yil 1- yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan oʻrta tibbiyot xodimlari soni jami 12,7 ming kishini tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 69,7 trln soʻmni tashkil etgan.

2023- yilda tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan  tushgan sof  tushum 37 611,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasi norasmiy iqtisodiyotida 126 035,9 mlrd soʻm yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

Respublikamizda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 951 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 305,7 mln litr tabiiy gazlanmagan mineral suvlar ishlab chiqarilgan.

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 5- noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qaror ijrosini ta’minlash hamda statistika tizimi xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha “Direktor kubogi” musobaqasi boshlandi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 4 kishi yashaydigan uy xo‘jaliklari 17,9 % ni tashkil etmoqda.

Joriy yilning 19- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi xodimlari uchun sanoat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning 19- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 20–23- avgust kunlari Koreya Respublikasining Tedjon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari Koreya Respublikasining “Korea statistics” idorasi bilan AKTni rivojlantirish va Axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro tajriba almashish natijalari yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning umumiy soni 3 650,4 ming boshni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonda qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha bino va inshootlar qurilishi ulushi 68,7 % ni, fuqarolik obyektlari 21,1 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari  10,2 % ni tashkil etgan. 

2024- yil 1- yanvar holatiga kichik tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi shifokorlar jami soni 18,5 ming kishini tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 13,5 trln soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,3 % ini tashkil etgan.