Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda 2024-yilning 1-iyul holatiga koʻra, moliya va sugʻurta sohasida 2 744  ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar- iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatilgan xizmatlari hajmi 125 trln soʻmni  tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 4 424,8 ming dona bamperlar va ularning qismlari ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 15-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun "Tajriba tariqasida aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini tuzish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati" mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari tarkibida mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlari ulushi 30,7 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 28,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 37 ming tonna mosh eksport qilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 47,9 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 62,6 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Birlashgan Arab Amirliklariga safar qilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oyida ijara xizmatlari 4 189,4 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 27 673 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, ishtirokchisi mavjud maxsus iqtisodiy zonalar soni – 24 ta (keyingi o‘rinlarda – MIZ), kichik sanoat zonalari soni – 400 (keyingi o‘rinlarda – KSZ), texnoparklar soni – 22 ta hamda klasterlar soni – 398 ta (keyingi o‘rinlarda – klaster) mavjud bo‘lib, ularning tarkibidagi korxonalar soni MIZlarda – 959 ta, KSZlarda – 3 069 ta, texnoparklarda – 2 172 ta va klasterlarda – 408 taga yetdi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 782,4 tonna apelsin sharbati ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 14-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 55,8 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 13-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xitoy Xalq Respublikasining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari akademiyasi (CAICT)  hamda HUAWEI kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 24,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 17,1 ming tonna choy import qilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, sanoat tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 27,8 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 2 730,5 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga borgan.