Qo`mita yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 114-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, hududlarda tanlab olingan tumanning mahalla xaritalari yordamida tajriba tariqasida tumanning tashkiliy rejasini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.

Dastlabki maʻlumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 260,2 ming tonna poliz yetishtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, shaxsiy xizmatlar hajmi 6 417,2 mlrd soʻmga teng boʻlgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 709 594 tani tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 60,6 % va transfertlardan olingan daromadlar 27,8 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 13-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi xodimlari uchun xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 4,6 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 18,2 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 91,8 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Turkiyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 52,2 ming tonna uzum yetishtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida sugʻurta xizmatlari hajmi 4,2 trln soʻmni tashkil etgan.

“Biznes Daily Birja” gazetasining 2024-yil 13-avgustdagi 63-sonida “Oʻzbekistonda norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash natijalari” mavzusida maqola chop etildi.

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-iyul holatiga jami 387 138 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi tumanlarda tanlab olingan mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida kuzatuvlar oʻtkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 114-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, hududlarda tanlab olingan tumanning mahalla xaritalari yordamida tumanning tashkiliy rejasini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston aholi jon boshiga umumiy daromadlari 10,8 mln soʻmni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida savdo tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulushi chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga to‘g‘ri kelib, 61,4 % ni tashkil etgan.  

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 15,6 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.