Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida tirik tugʻilgan egizaklar soni 6 329 nafarni tashkil etdi.

Joriy yilning 31-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 3 kishi yashaydigan uy xoʻjaliklari 10,5 % ni tashkil etmoqda.

Joriy yilning 30-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi stаtistikа boshqarmasi xodimlari uchun STATA dasturidan foydalanish va ish jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 6,4 trln soʻmni tashkil etdi.

2023/2024-oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʻlim tashkilotlarining kechki taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 45, 1 ming nafarni tashkil etgan.

Joriy yilning 29-may kuni Statistika agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida respublika boʻyicha dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 1 319 tonna baliq ovlangan.

Respublikamizda 2024-yil 1-may holatiga tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng koʻpi masʻuliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 1013 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-martida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha sanoat sohasida – 3 567 tani tashkil etdi.

Namangan shahridagi Xalqaro Turan universitetida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

2023/2024-oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʻlim tashkilotlarining kunduzgi taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 661,8 ming nafarni tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-fevraldagi “Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-62-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Statistika agentligi tomonidan ham bir qator vazifalar amalga oshirilmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylarida qayta ishlash sanoatida jami 34,6 trln soʻm yoki respublika boʻyicha jami investitsiyalar hajmining 32,3 % i oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 41 132 mlrd soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi 7 % ga oshgan.

Joriy yilning 30-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 31,9 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.