Qo`mita yangiliklari

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 29,2 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 1-may holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 44 933 ta  korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oylarida yirik korxonalar tomonidan 23 913,3 ming juft paypoqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 27,4 % ga oshgan.

Joriy yilning 22-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligining uy xoʻjaligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yil yanvar-aprel holatiga koʻra, bir nafar bolali uy xoʻjaliklar ulushi 22,3 % ni tashkil etdi.

2024-yil 1-may holatiga chakana savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tijorat korxonalari soni 91 286 tani tashkil etgan.

2024-yil yanvar-mart yakunlari boʻyicha sogʻliqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 2,3 trln soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga  13,4 birlikni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga koʻra, respublikamizdagi fermer xoʻjaliklarida parrandalarning umumiy soni 15 943,5 ming boshga yetgan.

Joriy yilning 22-may kuni Moskva shahrida “Statistika boʻyicha II Xalqaro talabalar olimpiadasi” boshlandi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 11,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida 1 209 ta yangi xorijiy investitsiya ishtirokida korxonalar tashkil etilgan.

Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmonining 27-bandiga asosan keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli taʻsirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 449,3 tonna alyuminiy simlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,4  barobarga oshgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylar soni 140 tani tashkil etib, ularga 2023-yil davomida 5 711,2 ming kishi tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo aylanmasi hajmi 60 426,1 mlrd soʻmni yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 9,2 % ga oshgan.

Joriy yilning 21-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.