Qo`mita yangiliklari

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda otlar soni 272,3 ming boshni tashkil etdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakuniga koʻra Toshkent metropolitenida jami 63,8 mln. yoʻlovchi tashilgan boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 25,1 mln. yoʻlovchiga koʻp.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, yalpi ichki mahsulot (YAIM) oʻsishiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻi 0,4 f.p., sanoat tarmogʻi – 1,8 f.p., qurilish tarmogʻi – 0,4 f.p. va xizmat koʻrsatish sohasi – 3,4 f.p. ijobiy hissa qoʻshdi.

2024-yil yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida qayta ishlash sanoatida 27,5 trln. soʻm xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilib, jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 37,3 % ini tashkil etdi.

2024-yilning 1-aprel holatiga chet el investitsiyasi ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 226 ta bo‘lib, ularning 4 576 tasi qo‘shma va  9 650 tasi xorijiy korxonalardir.

2024-yil 2- may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 23–25- aprel kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan Milliy hisoblar bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 18 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 105,3 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 3,2 ming tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9  barobarga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida yoʻlovchi aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 95,1 % ni tashkil etdi, shundan eng koʻp ulush  yakka tartibdagi tadbirkorlar hissasiga toʻgʻri kelib,  76 % ni  tashkil qildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 447,9 ming dona qorako‘l teri olingan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 2 754,7 ming tonnani tashkil etdi.

Joriy yilning 1-may kuni Statistika agentligida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻqituvchi va talabalari ishtirokida press-tur tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIMi) hajmi joriy narxlarda 242 701,6 mlrd. soʻmga yetdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 73,8 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Respublikamizda 2024-yil 1-aprel holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 19 869 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan  boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 548,6 mlrd. soʻmlik ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 2,4 % ga oshdi.