Qo`mita yangiliklari

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikada qoʻy va echkilarning umumiy soni 24 118,3 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 102,2 % ni tashkil etdi.

 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich  jinsi boʻyicha:

2023-yil yakunlariga ko‘ra, axborot va aloqa sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 2,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investitsiyalarda hududlar boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichlar Toshkent shahrida – jami investitsiyalarning – 6,2 % ini, Sirdaryo viloyatida – 5,7 %, Qoraqalopgʻiston Respublikasida – 4,9 % ekani qayd etildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami qurilish ishlarining 65,4 % i yoki 10,6 trln. soʻm qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-mart holatiga koʻra, jami 66 775 ta sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 352,5 ming tonna sement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 49,7 % ga oshgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi bosh mutaxassisi X.Murodullayev va Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 va undan katta yoshlilar orasidan internetdan foydalanuvchi aholi ulushi 89,0 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 11 968,7 ming tonna sut sogʻib olindi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,9 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 15 949,1 mlrd. soʻmga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Guseynov va Navoiy viloyati statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda аholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 5,6 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 24,1 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami 16,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-mart holatiga koʻra, 408 943 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 146,9 tonna yogurt ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 27,8 % ga oshgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 va undan katta yoshlilar orasidan mobil telefondan foydalanuvchi erkaklar ulushi 99,1 % ni tashkil etdi.