Qo`mita yangiliklari

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda kichik tadbirkorlik (biznes)  subyektlarining YAIMdagi iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng yuqori ulushi qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 95,6 %, qurilishda – 77 %, xizmatlar sohasida – 40,4 % va sanoatda – 21,4 % ni tashkil etdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yil 1-mart holatiga respublikamizda savdo sohasida 221 653 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda sigirlar soni 5,0 mln. boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,8 % ga koʻpaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 116 tonna parranda goʻshtidan tayyorlangan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 12,7 % ni yoki 44,8 trln. soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 4,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2024-yilning fevral oyida FHDYO organlarida respublikamiz boʻyicha 65 529 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2024-yilning yanvar oyida jami 520,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 176 523,9 mlrd. soʻmni yoki 2022-yilning yanvar-dekabriga nisbatan oʻsish surʻati 113,9 % ni tashkil etdi. 

2024-yilning yanvar oyida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 1 542 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining “Ochiq ma’lumotlar portalini yanada takomillashtirish hamda mamlakatimizda ochiq ma’lumotlar ekotizimini rivojlanish istiqbollari” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 80,2 ming tonna chaqiq tosh ishlab chiqarilgan.

Vebinarda xodimlarga boְ‘limga tegishli statistik hisobotlarni sifatli tayyorlash, hamda tuman/shahar-viloyat-respublika darajasida tizimli tashkil etish tartibi batafsil tushuntirildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

2023-yilda respublikamizda qariyb 1,7 mln. tonna uzum yetishtirilgan.

2024-yilning 1-mart holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 11 031 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 161,5 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 6,5 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi  ulushi 97,6 % ni tashkil etdi.