Qo`mita yangiliklari
20/06/2023 • Qo`mita yangiliklari
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-.yilning yanvar-may oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 173 654,3 mlrd. so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan (115,8 %) o‘sish sur’ati 112,6 % ni tashkil etdi.
20/06/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023- yilning 1- iyun holatiga O‘zbekiston Respublikasida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tshkilotlarning umumiy soni 34 410 tani tashkil etdi. Qurilish korxonalarining katta qismi, ya’ni 6 891 tasi yoki respublikadagi jami korxonalarning 20,0 % i Toshkent shahrida joylashgan.
20/06/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-aprel oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 31 353,0 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 23,6 %ni tashkil etdi.
2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 184,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 2,8 % ga, 2019- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda esa 44,9 % ga o‘sdi.
20/06/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yil 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari va Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosi vakillari o‘rtasida ta'lim statistikasini yig‘ish amaliyoti bo‘yicha onlayn uchrashuv tashkil etildi.
20/06/2023 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 83,0 ming dona domkratlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 10,4 % ga oshgan.
2023-yil 1-iyun holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. So‘nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni quyidagicha:
20/06/2023 • Qo`mita yangiliklari
Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 3468,8 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar- martiga nisbatan o‘sish sur’ati 140,4 % ini tashkil qildi.
20/06/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-mart oylarida Fargʻona viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 506,7 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 martani tashkil etdi.
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2023- yil 15- iyundagi 117- sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Javlon Soipovning “Taraqqiyot qurilishdan — poydevor yaratishdan boshlanadi” nomli maqolasi chop etildi.
20/06/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-aprel oylarida Toshkent viloyati boʻyicha 3 818,5 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda 74 ta hostellar faoliyat yuritib (oʻtgan yil bilan taqqoslaganda 10,4 % koʻpaygan), 71,5 ming kishiga xizmat koʻrsatgan.
20/06/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning 12–15- iyun kunlari Turkiyaning Anqara shahrida aholi registrga asoslangan aholini ro‘yxatga olish usuliga o‘tishning afzalliklari boʻyicha seminar o‘tkazildi.
2023-yil 1-aprel holatiga, Surxondaryo viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 020,8 ming boshni (2022-yil 1-aprel holatiga nisbatan 102,4 %), shundan sigirlar – 373,3 ming boshni (102,6 %), qoʻy va echkilar – 2 517,8 ming boshni (102,1 %), otlar – 15,8 ming boshni (104,3 %) hamda parrandalar – 4 953,4 ming boshni (93,8 %) tashkil etdi.
20/06/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-may holatiga ko‘ra 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,8 %ni tashkil etdi.
19/06/2023 • Qo`mita yangiliklari
“Правда Востока” gazetasining 2023- yil 15- iyundagi 117- sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarma boshlig‘i Abdug‘afur Mirzohidovning “Xizmat ko'rsatish sohasi va uni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” nomli maqolasi chop etildi.
19/06/2023 • Qo`mita yangiliklari
2023-yilning yanvar-aprel oylarida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sugʻurta va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 88,9 % ni tashkil etdi.
19/06/2023 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar–aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 193 dona liftlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 7,8 % ga oshgan.
426-sahifa 1024 dan


