Qo`mita yangiliklari

 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida 41 592 dona “Lacetti-Gentra” avtomobili ishlab chiqarilgan.

 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida qayd etilgan ajralishlar soni.

2021- yil 1- oktabr holatiga, Buxoro viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 268,5 ming boshni (2020- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 103,9 %), shundan sigirlar – 417,7 ming boshni (103,9 %), qo‘y va echkilar – 2 237,8 ming boshni (103,0 %), otlar – 6,6 ming boshni (115,2 %) hamda parrandalar – 5 278,3 ming boshni (106,3 %.) tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar - noyabr oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qariyb 70 ming tonna banan import qilgan.

         2021- yilning yanvar oyiga nisbatan joriy yilning noyabr oyida (diskret oy) ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7,4 trln. so‘mga o‘sdi va 27,9 trln. so‘mni tashkil etdi.

2021- yilning dekabr oyida pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari 2021- yilning noyabr oyiga nisbatan ya'ni bir oyda o‘rtacha 1 % ga oshgan.

2021- yilning 11 oyida O‘zbekiston 58 ta xorijiy davlatlardan qiymati 84,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini import qilgan.

2021- yilning dekabr oyida turp narxlari 2021- yilning noyabr oyiga nisbatan ya'ni bir oyda o‘rtacha 4,7 % ga arzonlashgan.

2020- yilda mamlakatimizda qishloq joylaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan qizlar soni 247,1 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda 143,2 ming nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yilning yanvar-noyabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 342 ta toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 44,1 trln. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida Respublikada 2 070,7 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 100,9 % ni tashkil qildi.

2021- yilning yanvar-sentabrida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlikning YAHMdagi ulushi 47,8 % ni tashkil qildi.

2021- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 6,3 foizni (soni 32 848 ta) tashkil etdi.

2021- yil yanvar-noyabr oylarida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 22,8 % ni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 15,8 % punktga kamaydi

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 8 335,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 4,0 % ga o‘sdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida tashish va saqlash bo‘yicha o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 5259,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2021- yilning yanvar-sentabrida Sirdaryo viloyatida kichik tadbirkorlikning YAHMdagi ulushi 69,9 % ni tashkil qildi.

2021- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 3,5 foiz (18 195 ta)ni tashkil etdi.