Qo`mita yangiliklari

2020- yilda kichik korxona va  mikrofirmalarning ovqatlanish bilan ta’minlash bo‘yicha tovar aylanmasi  hajmi 3242,5 mlrd. so‘mni  tashkil etgan.

Joriy yilning 30- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi 2020- yil 2- iyundagi PF-6003- son Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy statistika boshqarmalari mas’ul xodimlari uchun “Statistika salohiyati indeksi” mavzusida vebinar tashkil etildi.

 Hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati 135,2 % ga o‘sib, Xorazm viloyatida kuzatildi.

 Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami  3875,0 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 73015,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 5,0 % va 95,0 % ni tashkil etdi.

2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami korxona va tashkilotlardagi ulushi 3,5 foizni (soni 18 723 ta) tashkil etdi.

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 6 346,5 ming tonna – don va dukkakli don ekinlari, 7 803,8 ming tonna – sabzavot, 2 485,6 ming tonna –kartoshka, 1 436,7 ming tonna –poliz, 2 070,7 ming tonna – meva va rezavorlar hamda 1 313,7 ming tonna –uzum yetishtirildi.

 2020- yil yakuniga ko‘ra, mamlakatimizda doktorantura va tayanch doktoranturada izlanuvchilarning soni 2674 nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda, 1042 nafarga oshganligini ko‘rish mumkin.

 2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 6,9 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 92,7 % ini tashkil etdi va 6,9 % ga o‘sdi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri 6,4 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 7,3 % ni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,7 % ga o‘sdi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri – 0,5 f.p.).

 O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 86836,5 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 53,0 % ini tashkil etdi, qurilish montaj ishlari bo‘yicha 68043,5 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 41,5 %) va boshqa xarajatlarga 9053,8 mlrd. so‘m (5,5 %) o‘zlashtirildi.

 2021- yilning yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekiston havo yoʻllari orqali 2,1 mln. yoʻlovchi tashilgan.

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 888,3 ming tonna – go‘sht (tirik vaznda), 8 129,4 ming tonna – sut, 5 549,9 mln. dona – tuxum, 22,8 ming tonna – pilla xom-ashyosi ishlab chiqarildi.

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 22 ta xorijiy davlatlardan qiymati 390,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 18 150 ta yengil avtomobil import qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga kora Fargona viloyatida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 75,4 % ni tashkil etdi, shundan 26,0 % bir bolali, 26,6 % ikki bolali, 17,4 % uch bolali hamda 5,4 % uy xo‘jaliklarda to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan. 24,6 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas.

 Hududlar bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasining eng ko‘pi Toshkent shahri (14676,6 mlrd. so‘m), Toshkent (7239,3 mlrd. so‘m), Samarqand    (4634,7  mlrd. so‘m) va Farg‘ona (4471,8 mlrd. so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.

2021- yilning yanvar - sentabr oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi.

Oʻzbekiston hududlarining yillik statistik to‘plamida O‘zbekiston Respublikasi hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar chop etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi statistika qo‘mitasining “MDH statistikasiga 30 yil” nomli kitobi chop etildi.