Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021- yilning yanvar–avgust oylarida  34 ta xorijiy davlatdan qiymati 51,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 23,3 ming tonna shokolad import qilgan.

 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020/2021 oʻquv yili boshiga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalari soni 127 tani tashkil etgan.

2021- yilning 1- yanvar holatiga kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi 75,8 trln. so‘mni tashkil etgan.

 2021- yilning yanvar-avgust holatiga qurilish sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 4 589 tani tashkil etdi.

 2021- yilning 1- yanvar holatiga kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng ko‘p investisiyalar jalb etilgan iqtisodiyot tarmoqlari.

 2020- yilda Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida jami tug‘ilganlarning 51,8 % ni qiz bolalar tashkil etgan.

2020- yilda 74,6 tonna atir ishlab chiqarilgan.

Asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish sur‘atlarini moliyalastirish manbalari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarda kuzatilib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 28,5 % ga ko‘paydi.

Bugungi kunda respublikamiz muzeylarida turli xildagi buyumlar va eksponatlar mavjud bo‘lib, 2021- yil 1-yanvar holatiga muzeylardagi jami eksponatlar soni 2087,1 mingtani tashkil etgan.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 2,9 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,8 % punktga kamaydi.

Oʻzbekiston demografik yillik toʻplamida - Oʻzbekiston Respublikasidagi demografik holatni ifodalovchi koʻrsatkichlar, jumladan ma’muriy-hududiy boʻlinishi, aholi soni, aholining jinsi va yosh tarkibi, hududlar boʻyicha taqsimlanishi, tugʻilish va oʻlim, nikoh va ajrimlar soni hamda aholi migratsiyasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar berilgan.

 Joriy yilning 5- oktabr kuni videokonferensaloqa tarzida Islom hamkorlik tashkiloti statistika qo‘mitasi (SESRIC)ning 10- sessiyasi o‘z faoliyatini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yil 1- iyul holatiga respublikamizda otlarning umumiy bosh soni 250,6 ming boshga yetdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda oʻsish surʼati 104,0 % ga teng.

2021- yilning yanvar–avgust holatiga koʻra, tashish va saqlash sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 1 733 tani tashkil etdi.

Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2020- yilning yanvar–avgust oylariga nisbatan 2,6 % punktga kamaydi va 6,8 % ni tashkil etdi. Qolgan 93,2 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 2,6 % punktga ko‘paydi.

2021- yil 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda   arxitektura sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 5 trln. so‘mni tashkil etgan.

O‘zbekiston 2021- yilning yanvar - avgust oylarida  23 ta xorijiy davlatga qiymati 215 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 213 ming tonna polietilen eksport qilgan.