Qo`mita yangiliklari

2021- yilning yanvar-iyun oylarida sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 8,5 % ga o‘sish kuzatilgan.

O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 57 ta xorijiy davlatga qiymati 1,3 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Bu 2020- yilning mos davriga nisbatan 523,2 mln. AQSh dollariga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 118 988 ta nikoh qayd etilgan. Shundan 152 nafar ayolning yoshi 60 va undan yuqori bo‘lgan.

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylari davomida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 66 679,9 mlrd. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni tashkil qildi.

Respublikamizda 2021- yilning yanvar–iyun oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 338 ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 23,3 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. 

2021-yilning yanvar–iyun oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 45,8 trln. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 98,3 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 40,7 % ni tashkil qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yilning yanvar - iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 116,6 trln. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 101,8 % ni tashkil qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar–iyun oylari davomida respublikamizda 5,1 mln. tonna sut sog‘ib olingan.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha,

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 7 318,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi 3 679,0 ming so‘mni tashkil etdi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2021- yil yanvar-iyul oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 61 612 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan.

Joriy yilning 11-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 23- martdagi “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 6191-sonli farmoni ijrosi yuzasidan masofaviy tarzda onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2021- yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 546,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning yangi bosqichi doirasida so‘nggi yillarda milliy statistika sohasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 390 703 ta tug‘ilish qayd etilgan.