Qo`mita yangiliklari
28/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda tashkilotdagi yosh xodimlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 24–25-may kunlari Namangan viloyatida Statistika agentligining hududiy boshqarmalari yosh xodimlari ishtirokida “Yosh statistiklar 1-forumi” tadbiri oʻtkazildi.
28/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda tashkilotdagi yosh xodimlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 24–25-may kunlari Namangan viloyatida Statistika agentligining hududiy boshqarmalari yosh xodimlari ishtirokida “Yosh statistiklar 1-forumi” tadbiri oʻtkazildi.
Respublikamizda joriy yilning 1-may holatiga sanoat sohasida 110 307 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.
28/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 7 614,2 tonna margarin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 % ga oshgan.
27/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning 20–24-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari A.Ikramov boshchiligidagi delegatsiya Koreyaning “Statistics Korea” idorasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi oʻrtasida 2011-yil 24-avgustda statistika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida imzolangan anglashuv memorandumi doirasida oʻzaro tajriba almashish uchun Koreyaning “Statistics Korea” idorasiga xizmat safariga borib qaytdi.
27/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida axborot va aloqa iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha 1,4 trln soʻm xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.
27/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning 21–23- may kunlari Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) Statistika qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro taqqoslash dasturi (XTD)-2024 doirasida “Investitsion tovarlar ro‘yxatini kelishish” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
27/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 758,3 mlrd soʻmlik ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan 4,8 % ga oshdi.
27/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 27-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida tirik tugʻilganlar soni 274,5 ming nafarni tashkil etdi.
27/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
27/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 54 % ni tashkil etdi.
27/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 21–23-may kunlari Moskva shahrida “Statistika boʻyicha II Xalqaro talabalar olimpiadasi” boshlangan edi. Mazkur tadbir “2024–2025-yillarga moʻljallangan MDH statistikasini rivojlantirish” loyihasi doirasida oʻtkazildi.
27/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekistonda 2024-yil 1-may holatiga 404 755 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.
27/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida jami yirik korxonalar tomonidan 10 613 tonna olma sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 barobarga oshgan.
24/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 107,1 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.
24/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 11,5 trln soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 3,5 % ga oshgan.
24/05/2024 • Qo`mita yangiliklari
Joriy yilning 24-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi xodimlari uchun xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
189-sahifa 1012 dan


