Qo`mita yangiliklari

Respublikamizda 2024-yilning 1-yanvar holatiga qurilish sohasida jami 34 749 ta korxonalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Jizzax viloyati boʻyicha qurilishda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 1 232,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2022/2023-oʻquv yili boshida Andijon viloyatidagi oliy taʻlim tashkilotlarida sirtqi taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 22 278 nafarni tashkil etgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 2 002,7 ming kishini tashkil etgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2023-yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori ulushi savdo xizmatlarida – 41,5 % ni, transport xizmatlarida – 23,9 % ni, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 5,5 % ni va shaxsiy xizmatlarda – 5 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent shahri boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 6 669,1 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 14 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Xorazm viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan 4 789,7 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Joriy yilning 12-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshligʻi Yuldoshev Zoyir Toshkanovich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tomonidan 2023-yilda hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgani uchun tashakkurnoma va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 6 952,4 tonna gulqogʻozlar ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 18 159,8 mlrd. soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,3 % ini tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga koʻra, Andijon viloyatida uy xoʻjaliklarining uy-joy turlari boʻyicha taqsimlanishi:

2024-yil 1-yanvar holatiga savdo sohasida 220 265 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Samarqand viloyati boʻyicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 20 321,3 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilda 4 787,4 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Fargʻona viloyatida  2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 10 966,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyati boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 6 637 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 42,1 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Toshkent viloyati boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 12 002,4 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.